Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Investitsiya maslahatchisi
– qimmatli qogʻozlarni chiqarish, joylashtirish va 
ularning muomalasi masalalari, qimmatli qogʻozlar bozori va uning ishtirokchilari 
holatini tahlil etish hamda istiqbolini belgilash boʻyicha maslahat xizmatlarini 
koʻrsatadi, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta 
tayyorlaydi va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan yuridik shaxsdir. 
Investitsiya fondi – 
investorlarning pul mablagʻlarini va qoʻyilmalarini 
investitsiya aktivlariga jalb qilish maqsadida aksiyalar chiqaradigan yuridik shaxs 
— aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir. 
Investitsiya fondi yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga 
oʻzgartirilishga haqli emas. Investitsiya fondini qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, 
boʻlish, ajratib chiqarish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi 
mumkin. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni amalga oshirish 
uchun investitsiya fondiga berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki uni 
bekor qilish investitsiya fondining belgilangan tartibda tugatilishiga olib kelishi 
mumkin. Investitsiya fondi oʻz huquq va majburiyatlariga ega. Ushbu huquqlar 
investitsiya fondi ustavida belgilanadi. Ammo, investitsiya fondi faoliyatida ayirim 
huquqlarga ega emasligini koʻrishimiz mumkin. Masalan: 
-korporativ va infratuzilma obligatsiyalarini, shuningdek imtiyozli 
aksiyalarni chiqarish; 
-fond sof aktivlarining 10 foizidan ortigʻini bir emitentning qimmatli 
qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatning ulushiga investitsiyalash; 
-toʻlanishi lozim boʻlgan qarzning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi 
imzolanadigan sanadagi holatga koʻra investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 
15 foizidan oshib ketgan taqdirda kredit va (yoki) qarz mablagʻlarini jalb etish. 
Kredit va (yoki) qarz muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak;
-kafil boʻlish, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga qoʻyish; 
-tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha javobgarligini 
nazarda tutadigan yuridik shaxslarning qimmatli qogʻozlariga investitsiyalarni 
amalga oshirish; 
-investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, auditorlik tashkilotlari 
tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarni amalga oshirish; 
-boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olish va ularga ega boʻlish; 
-umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq investitsiyalarni 
amalga oshirish. 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin