155
belgilangan muddat mobaynida amalga oshirishi investitsiya aktivlarini
boshqarish.
Transfer-agent
– qimmatli qogʻozlarga boʻlgan
huquqlarni hisobga olish
tizimiga taalluqli hujjatlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va ularning
oʻtkazilishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxsdir.
Emitentlar, shuningdek qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzuvchi shaxslar
transfer-agentning
mijozlaridir.
Transfer-agent
emitentga
aksiyadorlarning
umumiy yigʻilishini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan xizmatlar koʻrsatadi.
Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi
–
investorlarga vositachilarni jalb etmay turib savdoda ishtirok etish imkoniyatini
beruvchi, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha
faoliyatni
buyurtmalar qabul qilish punktlaridan, maxsus kompyuter savdo tizimlaridan
foydalangan holda amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir.
Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi
faoliyatini
amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilangan.
Diler
– fond birja bitimlarini oʻz nomidan va oʻz hisobidan tuzuvchi birja
aʼzosidir.
Market
-
meyker
– fond
birja tovarlari narxlarining, talab va taklifning
darajasini saqlab turish uchun oʻz zimmasiga birja bitimlarini tuzish majburiyatini
olgan dilerdir.
Broker
– mijozning topshirigʻiga koʻra, uning hisobidan birja bitimlarini
tuzuvchi birja aʼzosidir.
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisi va uning mijozi
munosabatlari qonun hujjatlari hamda shartnoma bilan tartibga solinadi.Mijozlar
hisobidan bitimlar tuzish mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida faqat
investitsiya vositachisi va investitsiya aktivlarini
ishonchli boshqaruvchi
tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Fond birjasida savdolarni amalga oshirish, yuqorida aytib oʻtilgan fond birja,
jumladan, qimmatli qogʻozlar ishtirokchilarining turli faoliyati bilan bogʻliq
boʻladi. Fond birja savdolarida asosan broker, diler, market meyker bevosita
qatnashadi. Aytib oʻtish joizki, fond birjasida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga
doir bitimlar tuzilganda, sotuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga
bitim summasining 0,01 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydi. Bunda sotuvchining, shu
jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining tuzilgan bitim boʻyicha
daromadlariga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi
va jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinmaydi.
Qimmatli qogʻozlarga doir narxlarning, talab va taklifning darajasini saqlab
turish uchun birja bitimlari tuzilganda market-meyker birjaga, Qimmatli qogʻozlar
markaziy depozitariysiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
faoliyat milliy bankiga yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlashdan ozod qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori” toʻgʻrisida
Qonunning 21-moddasida belgilanishicha, qimmatli qogʻozlar savdosining
tashkilotchilari sifatida quyidagilar belgilangan:
-
fond birjasi;
156
-
fond boʻlimini tashkil etgan valyuta birjasi;
-
qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi.
Barcha qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari oʻz faoliyatini
amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlishlari lozim.
Tashkil etilgan tovar savdolarida qatnashishga Oʻzbekiston Respublikasi
qonun osti hujjatlarida belgilangan ravishda faoliyat yuritayotgan yuridik
shaxslarga ruxsat beriladi. Bunda, savdoda qatnashayotgan ishtirokchi boshqa bir
shaxs manfaatini koʻzlab, uning nomidan harakat qilsa,
brokeryoki tegishli
professional litsenziyaga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchisi
hamda markaziy kontragent savdo tashkilotchisining savdoda qatnashish
roʻyxatiga kiritilishi mumkin. Ushbu roʻyxatga savdo qatnashchilarini kiritish va
roʻyxatdan chiqarish tartibi va shartlari savdo tashkilotchisi tomonidan qatʼiy
belgilanadi.
Fond birjasi yopiq birja turiga kiradi. Bu degani, faqat birja aʼzolari (yaʼni,
professional ishtirokchilar) qimmatli qogʻozlar
savdosini amalga oshirishi
mumkin. Odatda, fond birja aʼzolari yuridik shaxslardir, lekin xalqaro amaliyotda
fond birja aʼzolari kategoriyasiga ham yuridik, ham jismoniy shaxslar kirishi
mumkin. Ayirim mamlakatlarda, masalan AQSHda jismoniy shaxslarga, boshqa
davlatlarda, misol uchun, Yaponiya, Kanada – yuridik shaxslarga va boshqa
koʻpgina davlatlarda jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida farqlilik qilmaydi, fond
birja aʼzosi boʻlish afzalligi beriladi.
Fond birjaning barcha ishtirokchilari bir xil sharoit va vaziyatda boʻladi,
yaʼni har xil kategoriyaga ega boʻlgan ishtirokchilar boʻlishi mumkin emas, misol
uchun, tovar birjalaridagi ishtirokchilar singari.
Dostları ilə paylaş: