Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

depozit sertifikati
— bankka qoʻyilgan omonat 
summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda 
sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning 
istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini 
tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qogʻozdir. 
Veksellarni chiqarish esa qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish 
boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda veksel beruvchining yoxud vekselda 
koʻrsatilgan boshqa toʻlovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda 
veksel egasiga muayyan summani toʻlashga doir qatʼiy majburiyatini tasdiqlovchi 
noemissiyaviy qimmatli qogʻoz veksel hisoblanadi. 
Mamlakatimizda va xorijiy emitentlar qimmatli qogʻozlarni mustaqil 
ravishda, shuningdek banklar va investitsiya vositachilari orqali joylashtirish 
huquqiga ega. Ayni paytda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy baki tomonida “Kvars” 
aksiyadorlik jamiyati aksiyalari joylashtirilayotganligi bunga yaqqol misol boʻladi. 
Shu oʻrinda “qimmatli qogʻozlarga doir narxlarning, talab va taklifning darajasini 
saqlab turish uchun birja bitimlari tuzilganda market-meyker birjaga, Qimmatli 
qogʻozlar markaziy depozitariysiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi 
iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlashdan ozod 
qilinganligini”
89
taʼkidlash lozim. 
Emitentlar qimmatli qogʻozlarni mustaqil ravishda, shuningdek banklar va 
investitsiya vositachilari orqali joylashtirish huquqiga ega. Bunda banklar va 
investitsiya vositachilari emitentlar tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli 
qogʻozlar chiqarilishining joylashtirilmagan qismini sotib olish majburiyatini olib 
yoki olmagan holda emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni emitent nomidan sotish 
toʻgʻrisida emitentlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin. Bunda emitent, 
shuningdek u bilan shartnomaga koʻra emissiyaviy qimmatli qogʻozlar 
joylashtirilishini amalga oshiruvchi banklar va investitsiya vositachilari mazkur 
qimmatli qogʻozlar olinguniga qadar investorga qimmatli qogʻozlar emissiya 
risolasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish shartlari bilan tanishib 
chiqish imkoniyatini taʼminlashi shart. 
89
Ўзбекистон Республикасининг “Қимматли қоғозлар бозори тўғрисида”ги Қонуни, 16-модда. 


168 
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir 
bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlarining hisob-kitoblari Oʻzbekiston 
Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan amalga oshiriladi. 
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdosida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar 
natijalari boʻyicha qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblar esa Qimmatli qogʻozlar 
markaziy depozitariysi va (yoki) investitsiya vositachisi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Moliya bozorida tijorat banklari kredit operatsiyalari orqali faol ishtirok 
etishi barchaga maʼlum holat. Shuningdek valyuta bozorida ham banklarning 
faolligi bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida ahamiyatga ega.

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin