162
likvidligi, uzluksiz auksionga oʻtish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Oʻz
navbatida, uzluksiz auksion uch turga ega.
Birinchi turi
– buyurtmalar kitobidan foydalanish,
unga brokerlardan kelib
tushgan ogʻzaki arizalar kiritiladi, keyin klerk (birja vakili) arizalarni kelib tushish
muddati va qimmatli qogʻozlarni sotib olish hajmi boʻyicha ajratadi.
Ikkinchi turi
– tablo,
unda qimmatli qogʻozlarga nisbatan tanlangan eng
yaxshi ikkita narx (eng
yuqori
–
sotib olish uchun va eng past
–
sotish uchun
narxlar) koʻrsatiladi. Makler kelib tushgan arizalarni narxlar boʻyicha guruhlaydi
va har bir qimmatli qogʻozga kurs taklifini belgilaydi. Ushbu narxlar broker ish
joyi ekraniga yoki tabloga chiqariladi. Misol uchun, Nyu York fond birjasida biror
bir korporatsiya aksiyalari boʻyicha quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi “17 va 3/8
17 va 3/4 nisbatan” yoki “3/8, 3/4”. Bu 17 va 3/8
–
talabning eng yaxshi narxi, 17
va 3/4
–
taklifning eng yaxshi narxini bildiradi. Bunday narxlar birja savdosi
jarayonida savdo oʻyinlari strategiyasini belgilash va arizalar korrektirovkasini
qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Vaziyatni tahlil qilib, savdo zalidagi
treyderlar koʻrishi uchun brokerlar oʻzlari tabloga aktivlar narxini chiqaradi.
Buyurtmalar tabloga xronologik tarzda joylashtiriladi shuning uchun vaqt omili hal
qiluvchi rolni oʻynaydi. Agar oʻxshash buyurtmalar xuddi shunday narxlarda
avvalroq kelib tushsa va bozorning qarshi tomonidagi buyurtmalar bajarilishiga
yoʻl qoʻymasa, buyurtmalar bajarilmaydi. Ushbu buyurtmaning bajarilmaslik
sababi aksiyaga “avvalroq” ariza kelib tushgani boʻlishi mumkin. Agar “avvalroq”
arizalarning narxlari diapazoni bozor taklif qilinayotgan narxlar bilan keskin farq
qilsa, savdo jarayonida makler “avvalroq” kelib tushgan arizalarni chiqarib tashlab,
birja savdosiga korrektirovkalar kiritishi mumkin. Birja savdosi tashkil etilishining
oʻzi chegaraviy spred oʻrnatish yoʻli orqali bozor likvidligini oshirishga imkon
beradi.
Uzluksiz auksionning uchinchi turi
– olomon.
Treyderlar faqat savdoga kelib
tushayotgan aksiyalarni eʼlon qiluvchi klerk (birja vakili) atrofida toʻplanishadi va
kontragentga oʻzlari taklif qilayotgan narxlarni ovoza qilishadi. “Olomon”dagi
savdolar turli narxlarda amalga oshadi va koʻp hollarda
bitta xaridor aniq narxni
belgilamagan holda bir nechta sotuvchilar bilan turli narxlarda aksiyalarni xarid
qiladi. Zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlangan yirik birjalarda “olomon”
shaklida birja savdosi tashkil qilinishini tasavvur qilish qiyin, ayniqsa, jahon yirik
kompaniyalar tomonidan aktiv emissiyalar oshirilganda. Lekin, bunday uzluksiz
birja savdosining yirim ijobiy jihatlari mavjud, qarz bozoridagi buyurtmalarni
birlashtiradi va shu orqali ushbu bozorni qimmatli qogʻozlardan “tozalab”
bajarilayotgan buyurtmalar sonini maksimal darajaga koʻtaradi.
Birjada savdolarni tashkil qilish uchun operatsion
zalga alohida talablar
belgilanadi:
-
har bir savdo ishtirokchisi uchun zarur sharoitlar yaratib berish;
-
har bir savdo tovari uchun alohida zal, unda xona tagi amfiteatr shaklida
boʻlishi kerak. Shuning uchun, bitimlar amalga oshadigan joyni “pol”, “chuqurlik”
yoki “birja xalqasi” deyishadi;
163
-
zal markazida, balandlikda joylashgan maxsus joyda savdoni olib
boruvchilar, operatsiya va narxlarni roʻyxatga oluvchilar boʻlishi darkor;
-
zal atrofida (400 gacha ... 500) birja savdolarida qatnashish huquqi mavjud
boʻlgan, maxsus jihozlangan kabinalarda brokerlar joyi boʻladi;
-
axborot tablo mavjudligi;
-
axborot agentliklar vakillari uchun maxsus ish joylari tashkil etish;
-
birja zali yonida axborotlari roʻyxatga olish va ombor xodimlari uchun
boʻlimlar boʻlishi darkor.
Dostları ilə paylaş: