Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

 
 
 


166 
 
XIII bob. MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA NOBANK KRЕDIT 
INSTITUTLARI 
13.1. Moliya bozorida banklarning ishtiroki 
Banklar moliya bozorining faol ishtirokchilari hisoblanadi. Zamonaviy 
moliya bozori murakkab tizimga ega boʻlib, pul bozori, kredit bozori, qimmatli 
qogʻozlar bozori, valyuta bozori va boshqalarni oʻz ichiga oladi hamda ularning 
har birida banklar ishtiroki kuzatiladi. Umumiy holda banklar moliya bozorida 
emitent, investor, investitsion vositachilar sifatida ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda 
banklar depozitariy vazifasini ham bajaradi.
Banklarning emitent sifatida faoliyati aksiyalar, korporativ obligatsiyalar, 
depozit sertifikatlari muomalaga chiqarishi va investorlar oʻrtasida joylashtirishi 
bilan izohlanadi. Shuningdek, “Markaziy bank davlatning qimmatli qogʻozlari, 
shuningdek Markaziy bankning oʻzi chiqargan qarz majburiyatlarini xarid qilishi 
va ochiq bozorda sotishi mumkin”
87
.
Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 
Qonuniga asosan tijorat banklari “qimmatli qogʻozlar chiqarish, xarid qilish
sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan 
qimmatli qogʻozlarni boshqarish, qimmatli qogʻozlar bilan boshqa operatsiyalarni 
bajarish”
88
kabilarni amalga oshiradi. Umumiy holda banklar qimmatli qogʻozlar 
bozorida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin: 
- qimmatli qogʻozlarni chiqarish, sotib olish, sotish, saqlash;
- qimmatli qogʻozlarga mablagʻlar kiritish; 
- ishonchli boshqaruvchi sifatida mijoz topshirigʻi asosida qimmatli 
qogʻozlarni boshqarish;
- qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi jarayonida mijoz topshirigʻi asosida uning 
hisobidan vositachilik funksiyalarini bajarish, broker vazifasini bajarish;
- qimmatli qogʻozlar chiqarish va muomalasi masalalari boʻyicha 
konsultatsion xizmatlar koʻrsatish (invetitsiya maslahatchiligi);
- investitsion kompaniya, anderrayter sifatida qimmatli qogʻozlar 
chiqarilishini tashkil etish;
- qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boʻyicha uchinchi shaxslar foydasiga 
kafolat berish. 
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi 
Qonuniga asosan, mamlakatimizda korporativ obligatsiyalar investorlarga tegishli 
mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini 
bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi. 
Infratuzilma obligatsiyalari chiqarilganda esa ularni joylashtirishdan tushgan 
mablagʻlar alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi va emitentning ulardan 
maqsadli foydalanilishini nazorat qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv 
organi qaroriga koʻra sarflanadi. 
87
“Ўзбекистон Республикасининг Марказий банки тўғрисида”ги Қонуни, 25-модда. 
88
Ўзбекистон Республикаси “Банклар ва банк фаолияти тўғрисида”ги Қонуни, 4-модда. 


167 
Emitent majburiyatlarining bajarilishi garov, bank kafolati yoki qonunda 
nazarda tutilgan boshqa usullar bilan qoʻshimcha taʼminlanadigan obligatsiyalarni 
chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs toʻgʻrisidagi va 
taʼminot shartlari haqidagi maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak. Bu holda 
obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs 
tomonidan ham imzolanishi kerak. Bundan ham koʻrinib turibdiki tijorat banklari 
kafolati ostida ham obligatsiyalar chiqarilishida chiqarilishi mumkin. 
Tijorat banklari tomonidan depozit sertifikatlarini chiqarish qimmatli 
qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan 
holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi.Bunda 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin