Respublikamizda moliya institutlari tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar miqdori, milliard soʻmda (05.01.2018 yil holatiga) Yuqoridagi rasm maʼlumotlaridan ham koʻrinib turibdiki, respublikamiz
aksiyalar bozorida moliya institutlari ichida banklar keskin yuqori ulushga ega.
Banklar oʻz faoliyati davomida aksiyalar shaklidagi oʻz qimmatli qogʻozlari
bilan kafolatlangan kredit berishga; oldindan Markaziy bankning roziligini olmay
turib, oʻz aksiyalarini sotib olishga haqli emaslar.
Yuridik yoki jismoniy shaxs yoxud oʻzaro kelishuv bilan bogʻlangan yoki
bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi
tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining 5 foizidan
ortigʻini olish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor qilinishini, 20
foizidan ortigʻini olish esa, oldindan uning roziligini olishni talab qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan roziligini olish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
13.3. Moliya bozorida nobank kredit institutlari Xalqaro amaliyotda nobank kredit institutlari, xususan jamgʻarma
uyushmalari va kredit uyushmalari moliya bozorida faol tarzda faoliyat yuritadi.
Kredit uyushmalari oʻz aʼzolari tomonidan boshqariladigan moliyaviy tashkilot
boʻlib, oʻz aʼzolariga maʼqul shartlarda kredit beradi va boshqa moliyaviy
xizmatlar koʻrsatadi
90
.
Mikrokredit tashkilotlari
Lombardlar
AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR 90
Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins. Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P. 29.
0,00
2 000,00
4 000,00
6 000,00
8 000,00
10 000,00
12 000,00
Banklar
Birjalar
Investitsiya
fondlari
Lizing
kompaniyalari
Sug‘urta
kompaniyalari
11 704,63
64,76
2,32
140,24
130,08