187
- moliya bozori va uning barcha ishtirokchilari samarali ishlashi uchun
sharoit yaratish;
- moliya bozoridagi tartibni saqlab turish;
- moliya bozorining barcha ishtirokchilarini alohida shaxslarning
firibgarliklaridan, jinoyatlaridan, umumiy holda noqonuniy xatti-harakatlaridan
himoya qilish;
- moliya bozorining barcha segmentlarida moliyaviy instrumentlar boʻyicha
baholar shakllanishini erkin talab va taklif asosida tashkil etish;
- pul mablagʻlarini qayta taqsimlash mexanizmi sifatida moliya bozori va
uning yangi segmentlari rivojlanishini ragʻbatlantirish;
- moliya bozori ishtirokchilari zimmasidagi majburiyatlar (masalan,
axborotlarni oshkor qilish boʻyicha)ning bajarilishi boʻyicha nazoratni amalga
oshirish qilish va boshqalar.
Moliya bozorining regulyativ infratuzilmasi moliya bozorining normal
ishlashini taʼminlovchi tizimlardan biridir. Unga quyidagilarni kiritish mumkin:
- tartibga soluvchi organlar (davlat tartibga soluvchi organlari va oʻzini oʻzi
tartibga soladigan tashkilotlar);
- tartibga soluvchi funksiyalar va jarayonlar (registratsiya, litsensiya,
attestatsiya, nazorat);
- huquqiy infratuzilma (moliya bozori ishlashi uchun meʼyoriy-huquqiy
baza);
- moliya bozoridagi kasbiy etika;
- amaliy odatlar va anʼanalar.
Moliya bozorini tartibga solish davlat va oʻzini oʻzi tartibga solishga
boʻlinadi. Oʻz navbatida qimmatli qogʻozlar bozorini davlat tomonidan tartibga
solish toʻgʻridan-toʻgʻri (maʼmuriy) va bilvosita (iqtisodiy) tartibga solishga
ajratiladi.
Davlat tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri (maʼmuriy) tartibga solish moliya
bozori ishtirokchilariga nisbatan majburiy talablarni belgilash, faoliyat turlarini
litsenziyalash (bank faoliyati, qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat,
sugʻurta faoliyati, investitsiya fondlari faoliyati va boshqalar), qimmatli
qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, oshkoralik va bozor ishtirokchilarining
oʻzaro teng holatda xabardorligini taʼminlash va hokozolar orqali amalga
oshiriladi.
Moliya bozorini bilvosita (iqtisodiy) tartibga solish esa byudjet-soliq
siyosati, pul-kredit siyosati, xususiylashtirish (davlat mulkini boshqarish) siyosati
kabilar vositasida amalga oshiriladi.
Umumiy holda moliya bozorini tartibga solishda davlat quyidagi
funsiyalarni bajaradi (16.1-jadval).
16.1-jadval
Dostları ilə paylaş: