Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


Moliya bozorini tartibga solishda davlatning funksiyalari



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Moliya bozorini tartibga solishda davlatning funksiyalari 
№ 
Funksiyalar 
Funksiyalar tavsifi 
1.
Strategiyani belgilash
Moliya bozorini rivojlantirish konsepsiyasi uni 
amalga oshirish dasturlari ishlab chiqiladi 


188 
2.
Huquqiy tartibga solish 
Moliya bozori faoliyati boʻyicha meʼyoriy-
huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi 
3.
Maʼmuriy funksiya 
Moliya bozori ishtirokchilari faoliyati bevosita 
maʼmuriy tartibga solinadi 
4.
Ragʻbatlantirish 
Moliya 
bozorini 
rivojlantirish, 
iqtisodiyot 
tarmoqlariga boʻsh pul mablagʻlarini jalb qilish 
maqsadida barcha moliyaviy instrumentlardan 
foydalanish 
iqtisodiy 
dastaklar 
orqali 
ragʻbatlantiriladi
5.
Nazorat 
Moliya bozori ishtirokchilari tomonidan yoʻl 
qoʻyilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning 
oldini olinadi 
6.
Arbitraj 
Moliya bozori ishtirokchilari oʻrtasida nizoli 
vaziyatlar hal qilinadi
Yana shuni ham taʼkidlash kerakki, davlat moliya bozorini tartibga soluvchi 
institut ekanligidan tashqari moliya bozorining muhim ishtirokchisi hamdir. Bunda 
davlat qimmatli qogʻozlar emitenti hamda yirik investor sifatida moliya bozori 
ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Shu nuqtai nazardan davlatning oʻzi ham moliya 
bozorida maʼlum bir majburiyatlarga va huquqlarga ega boʻladi. 
Moliya bozorida davlat tomonidan tartibga solishdan tashqari oʻzini oʻzi 
tartibga solish amaliyoti ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunda tartibga 
solish oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzini 
oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar sifatida faoliyat turlari boʻyicha moliya bozori 
ishtirokchilarining ixtiyoriy professional birlashmalari faoliyat koʻrsatadi. Bunday 
birlashmalar oʻz aʼzolari tomonidan professional faoliyatni amalga oshirishda 
bajarilishi shart boʻlgan majburiyatlarni, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar 
oʻtkazish boʻyicha standartlarni belgilaydi va ularga amal qilinishini nazorat qilib 
boradi.
Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar moliya bozori ishtirokchilarining 
professional faoliyatni amalga oshirishlari uchun sharoitlarni taʼminlash, faoliyatni 
amalga oshirish qoidalariga amal qilinishi ustidan nazorat qilish, professional 
ishtirokchilar mijozlari manfaatlarini himoya qilish kabi masalalarni hal qiladi. 
Buning uchun esa oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar davlat tomonidan qabul 
qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga zid boʻlmagan moliya bozorida professional 
faoliyatni amalga oshirish boʻyicha standartlar va qoidalarni tasdiqlash huquqiga 
ega hisoblanadi. Ular tomonidan tasdiqlangan standartlar va qoidalar aʼzolar 
tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 
Jahon amaliyotida oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar faoliyatining 
asosi moliya bozorini tartibga solish boʻyicha davlat vakolatlarining bir qismini 
ularga oʻtkazish hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda oʻzini oʻzi tartibga 
soluvchi tashkilotlar oʻz aʼzolarining faoliyatini nazorat qilishda, mutaxassislarni 
oʻqitishda va malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oʻz navbatida 
moliya bozorini tartibga solish boʻyicha davlat organlari xarajatlarini kamaytirish 


189 
imkonini beradi, moliya bozorini rivojlantirishda professional ishtirokchilar 
manfaatdorligini kuchaytiradi, professional faoliyat standartlari va qoidalariga 
rioya qilish taʼminlanadi. 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin