69
kompaniyasi 100 ta aksiyasiga 70 dollar ijro etilish
bahosi bilan yevropa opsion
put sotib oldi. Faraz qilaylik, aksiyalar joriy bahosi 70 dollarga, opsion amal qilish
muddati 3 oyga, bitta aksiyani sotish boʻyicha opsion mukofoti 7 dollarga, oʻz
navbatida dastlabki investitsiya summasi esa 700 dollarga teng.
Opsion yevropa
opsioni boʻlganligi sababli uning amal qilish muddati tugash vaqtida agar aksiyalar
bahosi 70 dollardan past boʻlsa bajariladi. Faraz qilaylik, oʻsha
payt aksiyalar
bahosi 55 dollarga teng. Bunday holatda investor 100 ta aksiyani 55 dollardan sotib
olishi va opsion put sharti boʻyicha 70 dollardan sotishi mumkin. Natijada investor
operatsiya boʻyicha 1500 dollar samaraga ega boʻladi, opsion mukofotini hisobga
olgan holda operatsiya boʻyicha sof foyda 800 dollarni tashkil etadi. Lekin
investorning foyda olishiga hech qanday kafolat yoʻq.
Agarda muddat tugash
vaqtida aksiya bahosi 90 dollarga teng boʻlsa opsion put oʻz ahamiyatga ega
boʻlmaydi va investor 700 dollar yoʻqotadi. Quyidagi rasmda investor foyda yoki
zararining aksiyaning yakuniy bahosiga bogʻliqligi koʻrsatilgan (22-rasm).
22-rasm.
IBM kompaniyasi bir dona aksiyasiga yevropa opsion put sotib
olish boʻyicha foyda miqdori. Opsion mukofoti 7 dollar, ijro etilish bahosi 70
Dostları ilə paylaş: