73
5.6. Svoplar va ularning qiymatini baholash
Moliyaviy
institutlar, forvard, fyuchers va opsionlar bilan birgalikda yana
bir muhim moliyaviy instrument hisoblanuvchi, svoplardan keng foydalanishadi.
Svop bu shunday moliyaviy shartnoma boʻlib, u bir tomonga tegishli boʻlgan
kelgusidagi toʻlovlarni ikkinchi tomonning kelgusidagi toʻlovlariga almashtirish
vazifasini yuklaydi
20
.
Oʻz tuzilishiga koʻra svoplar yagona pritsipga tayanadi: ikki
tomon bir yoki bir necha toʻlovlarni almashishga kelishib olishadi. Bunda
koʻpchilik holatlarda almashinuv qatʼiy belgilangan va oʻzgaruvchan foiz
stavkalari oʻrtasida amalga oshiriladi.
Svoplarni fyuchers shartnomalaridan farqli jihatlari quyidagilardan iborat:
birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi, shartlar
kontragentlar tomonidan
belgilanadi, yirik kompaniyalar va banklar bilan tuziladi va boshqalar.
Svoplarni qoʻllashdan maqsad foiz stavkalarini, valyuta kurslarini,
tovarlarning
narxlarini, aksiyalarga investitsiyalarni va boshqa instrumentlar bilan
bogʻliq risklarni xedjirlash va foyda olishdan iborat.
Svoplarning bir necha xil koʻrinishlari mavjud boʻlib, ularning ayrimlarini
quyida keltirib oʻtamiz.
Foizlar svopi.
Svoplarning bu koʻrinishi qatʼiy belgilangan foiz stavkasiga
ega qarz majburiyatini, oʻzgaruvchan foiz stavkaga ega majburiyatlar bilan
almashtirishdan iborat.
Bu svop shartnomasida ishtirok
etuvchilar faqat foiz
stavkalarni almashishadi (nominalni emas). Shartnoma shartlariga koʻra tomonlar
oʻrtasida toʻlovlarni almashtirish bir necha yillar dovomida amalga oshiriladi,
odatda svoplarning amal qilish muddati ikki yildan oʻn
besh yilgacha
choʻziladi.Svoplarda koʻpincha oʻzgaruvchan foiz stavkasi sifatida LIBOR
(London Interbank Offer Rate)
21
stavkasidan foydalaniladi.
Svoplar boʻyicha qatʼiy belgilangan toʻlovlarni amalga oshiruvchi shaxsni
svop xaridori deyiladi. Oʻzgaruvchan toʻlovlarni amalga oshiruvchi shaxsni esa
svop sotuvchisi deb yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: