5
SO„Z BOSHI
O‗zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlarning
muhim bir jihatlaridan biri bu ochiq iqtisodiyotni shakillantirish uchun zarur bo‗lgan
siyosiy, huquqiy va iqtisodiy masalalarni xal qilish va o‗zaro keng qamrovli jahon
xo‗jaligiga integratsiyalashuv, hamda xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, chet
davlatlar bilan o‗zaro ikkitomonlama va ko‗ptomonlama savdo-iqtisodiy
aloqalarni
rivojlantirish va chuqurlashtirish bo‗ldi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan imzolangan
―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida‖
mamlakatimizni globallashuv
sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirokchi sifatida qatnashish
ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga o‗zining salmoqli ta‘sirini
o‗tkazadigan jahon iqtisodiyoti rivojlanishining
muhim tendensiyasi bu uning
globallashuvidir.
«Jahon iqtisodiyoti globallashuvi» fani ixtisoslik fanlari qatoriga kiradi.
Fanni egallashda quyidagi jarayonlar va hodisalar haqida tushunchalar va
ma‘lumotlar beriladi: jahon iqtisodiyotining globallashuvining
xususiyatlari va
rivojlanish omillari, jahon iqtisodiyoti
global muammolari mohiyati, transmilliy
korporatsiyalar va ularning globallashuv jarayonlarda tutgan o‗rni, jahon iqtisodiyoti
globallashuvidagi
ziddiyatlar va tahdidlar, baynalminallashuv, transmilliylashuv va
globallashuv
jarayonlari,
jahon
iqtisodiyoti
globallashuvining
rivojlanish
indikatorlari, jahon iqtisodiyoti globallashuvi rivojlanishining
ekologik va
innovatsion omillari.
―Jahon iqtisodiyoti globallashuvi‖ fani magistrantlarni nazariy bilimlar, amaliy
ko‗nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
O‗quv qo‗llanma tarkibi mantiqan uning maqsadidan
kelib chiqqan holda
mazkur fanning predmetining asoslarini, nazariy va amaliy jihatlarini uzviy bog‗liq
holda yoritishga qaratilgan.