22
2-bob. JAHON IQTISODIYOTINING GLOBALLASHUVINING
XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH OMILLARI
Reja:
2.1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati va o‗ziga xos xususiyatlari
2.2. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining ob‘ektiv manbalari va asosiy omillari
2.3. Global iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari.
2.1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati va o„ziga xos
xususiyatlari
XX asrning oxiri – XXI asrning boshida globallashuv jahon xo‗jaligi
rivojlanishining asosiy, fundamental tendensiyasi sifatida qaror topdi.
―Globallashuv‖ deganda ko‗pincha iqtisodiy ochiqlikning oshishi, savdo-sotiq
va xalqaro kapital erkinlashishi tushuniladi
14
.
Globallashuv
jahon mamlakatlari iqtisodiyotlarining o‗zaro bir-biriga kirib
borishini, o‗zaro bog‗liqligini va bir-biri bilan qo‗shilib ketishini ifodalaydi.
Bunda
bir mamlakatda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlar boshqa mamlakatlarda o‗z aksini
topadi, u yangi axborot texnologiyalariga asoslangan bo‗ladi va butun dunyoni bir
butun sifatida ifodalaydi.
Globallashuv jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi.
Rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bo‗lishadi. Bir tarafdan,
xorijiy raqobat
uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo,
kapital va mehnat
resurslari ko‗chib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan
samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar
yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin.
Jahon iqtisodiyoti (jahon xo‗jaligi, butunjahon iqtisodiyoti), eng qisqa ta‘rifga
ko‗ra – bu jahonning barcha milliy iqtisodiyotlarining yig‗indisidir.
Agar jahon
xo‗jaligi jahon mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi negizida
Dostları ilə paylaş: