O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/71
tarix04.08.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#138557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

1.2.
 
“Jahon iqtisodiyoti globallashuvi” tushunchasi va uning tasnifi 
A.Vahobov ta‘kidlashicha, jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma‘nolarda ta‘rif 
berish mumkin
1
. Keng ma‘noda jahon iqtisodiyoti - bu milliy iqtisodiyotlar yig‗indisi 
sifatidagi tizim hisoblansa, tor ma‘noda - bu milliy iqtisodiyotlarning tashqi dunyoga 
tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarini qamrab oluvchi 
tizimdir.
Jahon iqtisodiyotiga berilgan tor ma‘nodagi ta‘rif iqtisodiy nazariyadagi 
sotiladigan mahsulotlar va omillar tushunchasiga mos keladi. Ma‘lumki, sotiladigan 
mahsulotlar va omillarga asoslangan xo‗jalik aloqalari yuzlab milliy xo‗jaliklarni 
―jahon iqtisodiyoti‖ deb ataladigan bir tizimga birlashtirishini e‘tiborga olish lozim.
Ilmiy va o‗quv adabiyotlarda ―Jahon iqtisodiyoti‖ yoki ―Jahon xo‗jaligi‖ 
tushunchalari mustahkam kirib bo‗ldi, biroq uning mazmuni turlicha talqin qilinadi.
Ayrim mutaxassislar jahon iqtisodiyotini barcha mamlakatlarning o‗zaro 
bog‗langan milliy xo‗jaliklari majmui sifatida ifodalaydi, boshqa mutaxassislar esa 
1
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: darslik. / A.V. Vaxabov, D.A. Tadjibaeva, 
Sh.X. Xajibakiyev. – Toshkent.: «Baktriy press», 2015. – 15 b.



―bu o‗ziga xos funksiyalariga, maxsus institutlariga ega organizmdir va biz jahon 
xo‗jaligi haqida ayrim mamlakatlar xo‗jaliklari yig‗indisidan farq qiladigan xo‗jalik 
deb so‗z yuritishga to‗la haqlimiz‖, deb aytadi
2
. Bu ta‘rif shakllanayotgan global 
iqtisodiyot mohiyatini aniqroq aks ettiradi.
Shu bilan birga, ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyasi, xalqaro mehnat 
taqsimotining chuqurlashuvi, tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
rivojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotlarning o‗zaro aloqasi va o‗zaro bog‗liqligi 
kuchayadi. 
Bu hodisa iqtisodiyotning baynalminallashuvi deb ataladi. 
Iqtisodiyotning 
baynalminallashuvi
– bu ayrim mamlakatlar iqtisodiyotlarining o‗zaro aloqasi va 
o‗zaro bog‗liqligi kuchayishidir. 
Globallashuv jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi. Rivojlangan va 
rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bo‗lishadi. Bir tarafdan
xorijiy raqobat uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo, kapital va mehnat 
resurslari ko‗chib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan 
samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar 
yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin.
Boshqa tarafdan, global bozorlarda raqobatning kuchayishi, xo‗jalik 
faoliyatining keng erkinlashuvi mamlakatlar uchun xavf-xatarlar tug‗dirishi 
muqarrardir.
Rivojlangan mamlakatlar uchun buning foydali jihatlari aniq ko‗rinib turibdi, 
biroq rivojlanayotgan mamlakatlar haqida, ayrim hollarda, bunday deb bo‗lmaydi. 
Ularning ko‗pchiligi baynalminallashuvda xomashyo va mehnat resurslari yetkazib 
beruvchilar sifatida ishtirok etib, rivojlangan va qudratliroq davlatlarga qaram bo‗lib 
qolishini e‘tirof etish mumkin. 
Sobiq AQSH Prezidenti B.Klinton huzurida iqtisodiy maslahatchilar guruhiga 
rahbarlik qilgan J.Stiglits iqtisodiy siyosat xususiyatlarini ta‘riflayotib, davlat va 
bozor munosabatlar o‗zaro hamkorlikka qaratilgan bo‗lishi kerakligini hamda davlat 
bozordagi muvaffaqiyatsizliklarni yumshatishda va ijtimoiy adolatni ta‘minlashda 
2
Кучински Ю. Очерки по истории мирового хозяйства. – М., 1954. – С. 8.



muhim rol o‗ynashi kerakligini qayd etgan. U ochliq, hayot standartlari pasayishi
ishsizlikni globallashuvning salbiy oqibatlari qatoriga kiritgan
3

―Jahon iqtisodiyoti globallashuvi‖ tushunchasi bilan birga ―global iqtisodiyot‖ 
tushunchasi keng qo‗llanib kelinmoqda. Hozirda, yagona yaxlit bir ―global 
iqtisodiyot‖ tushunchasi shakllanmagan bo‗lib, murakkab tizim sifatida e‘tirof etilib 
kelinmoqda va ayniqsa, so‗nggi yillarda bu tizimda katta o‗zgarishlar yuz bermoqda. 
Bu o‗zgarishlar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ishlab chiqarish 
kuchlarining 
baynalminallashuvi 
va 
globallashuvi; 
xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarning global tus olishi va jahon moliya bozorining tez sur‘atlarda 
rivojlanishi; jahon va mintaqaviy inqirozlarning kelib chiqishi; turli mamlakatlar 
iqtisodiy 
rivojlanishida 
farqlarning 
chuqurlashuvi, 
shuningdek, 
ahborot-
kommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishi va ―raqamli‖, ―yangi‖ iqtisodiyot 
tushunchalari kirib kelishi. 
―Global iqtisodiy tizim real voqeaga aylangan va uning qonunlari hamda 
rivojlanish shakllari jiddiy o‗zgarishni talab qiladi‖ 
4
va ―Global iqtisodiyot 
taraqqiyotimizning ko‗p jihatlariga ta‘sir ko‗rsatadigan hozirgi zamonning eng 
muhim fenomenini ifodalashini isbotlaydigan qo‗shimcha dalillar kerak emas‖, deb 
qayd etadi O. Bogomolov
5

Globallashuv jarayonlarning hozirga kelib bir qator xususiyatlarini e‘tirof 
etish mumkin.
Birinchidan, globallashuvning muqobilligi – globallashuvning ichki qarama-
qarshiligini aks ettiruvchi globallashuv jarayonlarining turli variantlaridir
6

Globallashuv muqobilligi globallashuv jarayonlarining o‗rnini bosadigan biror narsa 
taklif qilmay, ularning ichki variabelligini ifodalaydi. Bu, eng avvalo, globallashuv 
3
Stigliz J. Globalization and Its Discontents. New York, W.W. Norton. 2002. P. 248.
4
Богомолов О.Т. Мировая
 
экономика в век глобализации: Учебник /О.Т. Богомолов. – М.: 
ЗАО «Издательство «Экономика», 2007. – С.7.
5
Ўша манба. – 11-б.
6
Глобалистика: Международный междисциплинарный энциклопедический словарь./Гл.ред. И.И. 
Мазур, А.Н. Чумаков, – СПб. – Й.: ИЦ ―ЕЛИМА‖, ИД ―Питер‖, 2006. – С. 26.


10 
ro‗yobga chiqariladigan quyidagi modellarga taalluqli: liberal model (ba‘zida 
―neoliberal‖ terminidan foydalaniladi) yoki ijtimoiy mo‗ljal olgan model. 
Ikkinchidan, globallashuv muqobillari mintaqalarga bo‗linishda namoyon 
bo‗ladi, unga muayyan izchillik beradigan va uning eng salbiy oqibatlarini 
kamaytiradigan o‗ziga xos shakli sifatida qaraladi. Globallashuvning muqobilligining 
borligi jahon globallashib borayotgan bir paytda globallashuvning o‗zi uchun salbiy 
oqibatlarini kamaytirib va bu jarayonlardan imkon qadar ko‗p foyda olib, inson uchun 
globallashuv jarayonlariga ta‘sir ko‗rsatish imkoniyatini yaratadi. 
Globallashuv jarayonlari to‗lqinsimon rivojlanish xususiyatlariga ega bo‗lib, 
uning rivojlanishida bir qator to‗lqinlarni keltirish mumkin.
XIX va XX asrlarda
globallashuvning birinchi to‗lqini nazariyachilari (R. 
Kobden va J. Brayt) erkin savdo shubhasiz iqtisodiy o‗sishga olib kelishi va misli 
ko‗rilmagan taraqqiyot tufayli xalqlar o‗zaro adovatni unutishi haqidagi qoidani 
ishonch bilan asoslab berishdi. Britaniya o‗zining dengizdagi, sanoatdagi va 
moliyaviy quvvati bilan globallashuvning birinchi to‗lqiniga kafil bo‗ldi. 
Globallashuvning jahondagi nizoli muhitga ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi haqidagi 
g‗oya N. Eynjelning ―Buyuk illyuziya‖ nomli kitobida (1909) ishonchli ta‘riflab berildi. 
Asarda muallif jahon mamlakatlarining bir-biriga iqtisodiy bog‗liqligi natijasida global 
nizolar paydo bo‗lishi mumkin emasligini isbotlab berdi: 1914 yil arafasida Britaniya 
va Germaniya (asosiy tashqi siyosiy antagonistlar) bir-biri uchun ahamiyati bo‗yicha 
ikkinchi o‗rinda turadigan savdo hamkorlari edi. Britaniya va Germaniya yalpi milliy 
mahsulotining tegishli ravishda 52 foizi va 38 foizi tashqi savdoga to‗g‗ri kelardi. Biroq 
1914 yil avgustda millatlarning global yaqinlashuvi muqarrarligi haqidagi taxmin 
asossizligini ko‗rsatdi. Birinchi jahon urushi millatlarning iqtisodiy-axborot-aloqaviy 
yaqinlashuviga qattiq zarba berdi. 
Jarayonni jonlashtirish uchun ko‗p vaqt talab etildi. XX asrning oxirgi o‗n 
yilligidagina (ikkita jahon urushi, Buyuk turg‗unlik va ko‗p sonli ijtimoiy sinovlardan 
keyin) XX asrda yaratilgan liberal iqtisodiy tartib jahon amaliyotiga qaytadan joriy 
etila boshlandi. Rejali iqtisodiyot bilan raqobatlashishda G‗arbning bozor iqtisodiyoti 
tizimi jahonni yagona bozor iqtisodiyotiga aylantirib, g‗olib bo‗lib chiqdi. 


11 
Globallashuvning ikkinchi bosqichi (tiklanish) 1970-yillarning oxirida 
ahborot va telekommunikatsiyalarda yuz bergan inqilob asosida boshlandi va 
globallashuv jarayonlarining yangi xususiyati yaqqol namoyon bo‗ldi. Transmilliy 
korporatsiyalar va nohukumat tashkilotlar milliy chegaralarni osonlik bilan yorib 
o‗tib, barcha mamlakatlarda faoliyat yurita boshladi. 
Hozirga kelib, ko‗pchilik mualliflar globallashuv tushunchasini ―global‖ 
so‗zi etimologiyasiga yaqin ma‘noda, ya‘ni yaxlit, umumiy, umumjahon ma‘nosida 
talqin etadi va qo‗llaydi. Jahon hamjamiyati uchun umumiy ahamiyatga ega 
bo‗lgan, umuminsoniy hisoblangan, barcha xalqlar va fuqarolar, mamlakatlar 
hamda madaniyatlar manfaatlariga daxl qiladigan va ehtiyojini ifodalaydigan 
omillar, tendensiyalar va jarayonlar global hisoblanadi hamda shunday qabul 
qilinadi va baholanadi
7


Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin