114
bo‟lib, bunda
iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish dolzarb vazifalardan biri
ekanligi qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi bugun xalqaro hamjamiyatning va
global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning
tasdig‗ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz
tobora kengayib borayotganida, taraqqiy
topgan yetakchi davlatlar ko‗magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish,
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‗yicha dasturlarning
amalga oshirilayotganida, 2017-2021 yillarga mo‗ljallangan
mamlakatni yanada
taraqqiy ettirishning beshta ustuvor yo‗nalishlarning yurtimizda muvaffaqiyatli
amalga oshirilayotganida yaqqol ko‗rishimiz mumkin. Globallashuv sharoitida
mamlakatning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish,
innovatsiyalarni keng joriy etish va shular asosida resurslardan oqilona
foydalanish
barqaror rivojlanish va aholi turmush darajasini oshirishning garovidir.
7.3. “Innovatsion iqtisodiyotning” shakllanishida axborot-
kommunikatsion texnologiyalarning o„rni va uning rivojlanish tendensiyalari
An‘anaviy iqtisodiyotdan bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga o‗tish ta‘lim,
innovatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga (AKT) uzoq muddatli
investitsiyalar sarflashni, shuningdek, resurslarni samarali yo‗naltirish va
joylashtirishni ta‘minlaydigan tegishli iqtisodiy hamda institutsional sharoitlarni talab
etmoqda. Jahon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, zamonaviy
iqtisodiyotning innovatsion
yo‗nalishdagi rivojlanishi, asosan, yuqori texnologiyalarga asoslangan kichik firma
va kompaniyalar tufayli amalga oshmoqda. Xolisona aytganda, kichik biznes
korxonalari,
start-up, inkubator singari laborotoriyalar innovatsion jarayonlarni
rivojlantirish uchun tabiiy va qulay soha hisoblanadi. Shu tufayli mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
korxonalarida innovatsion g‗oya va ishlanmalarni qo‗llab-quvvatlash nuqtai
nazaridan
davom ettirish, makroiqtisodiy darajada resurslarni tejash, ayniqsa
nomoddiy resurslardan samarali foydalanishga katta e‘tibor qaratish lozim.
O‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini
mustahkamlashga yo‗naltirilgan tarkibiy o‗zgarishlar va yuksak texnologiyalarga
115
asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini
jadal rivojlantirish
siyosatini asosiy ustuvor yo‗nalish sifatida davom ettirishni taqozo etib, istiqbolli
iqtisodiyot sifatida innovatsion iqtisodiyotni nazarda tutish maqsadga muvofiqdir.
Innovatsion iqtisodiyotga erishish uchun: birinchi navbatda, ta‘lim, fan va ishlab
chiqarish o‗rtasida hamkorlik munosabatlarini o‗rnatish;
ikkinchidan, hamkorlik
munosabatlaridan kelib chiqqan holda korxona tomonidan innovatsion mahsulot
ishlab chiqarishni moliyalashtirish; uchinchidan, fan-texnika
yutuqlarini korxona
ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etish imkoniyatini yaratish; to‗rtinchidan,
innovatsion mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga imtiyozlarni yaratish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
Dostları ilə paylaş: