129
15.
Meksika
1,92
28,1
16.
Gollandiya
1,81
68,2
17.
O‗zbekiston
1,9
41,1
18.
Malayziya
2,27
31,8
19.
Indoneziya
2,05
59,9
20.
XXR
1,17
17,9
21.
Ukraina
1,14
15,4
Shu o‗rinda Markaziy Osiyoda azldan mavjud bo‗lgan va hozirgi davrda qayta
tiklanayotgan Buyuk Ipak yo‗lining iqtisodiy ahamiyatini ta‘kidlab o‗tish zarur.
Birgina O‗sh-Andijon-Toshkent-Nukus-Qo‗ng‗irot avtoyo‗lining
barpo etilishi
Buyuk Ipak yo‗li asosiy bo‗g‗inining ishga tushganini anglatadi va O‗zbekiston
iqtisodiy imkoniyatlarining yanada kengayishiga xizmat qiladi.
Geosiyosat nuqtai nazaridan O‗zbekiston Markaziy Osiyoning markazini
egallagan hamda muhim strategik mavqeiga ega bo‗lgan davlat hisoblanadi. Siyosiy,
iqtisodiy va ma‘naviy salohiyati hamda demografik imkoniyatlari jihatidan
mintaqadagi boshqa davlatlardan ajralib turadi. Jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi
aholisining 40 foizi O‗zbekistonda istiqomat qiladi. Qo‗shni
respublikalarning
O‗zbekistonga chegaradosh bo‗lgan barcha ma‘muriy hududlarida o‗zbeklar mahalliy
elatlar bilan birgalikda yashab keladi. O‗zbek xalqiga xos bo‗lgan bag‗rikenglik, urf-
odatlarni e‘zozlash, an‘analarga amal qilish, baqamti yashayotgan elatlar o‗rtasida
uning yetakchiligini ta‘minlaydi. Bu hol O‗zbekistonning mintaqada nafaqat
jo‗g‗rofiy, balki etno-madaniy nuqtai nazaridan ham o‗ziga xos ko‗prik
vazifasini
o‗tayotganini namoyon etadi.
Xulosa qilib aytganda, mintaqaning geosiyosiy mavqei quyidagi omillar bilan
belgilanadi: Markaziy
Osiyoning geosiyosiy mavqei, avvalo, uning iqtisodiy
imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bu borada eng manfaatli hamkorlar bilan ish olib
borish muhimligini ta‘kidlab, mintaqada yetakchi davlatlar
manfaatlarining shiddat
bilan shakllanib borayotgangini inobatga olish zarur. Shu bilan birga, iqtisodiy
manfaatlarini amalga oshira olmagan tashqi kuchlar diniy, millatlararo munosabatlar,
hududiy
muammolar, suv taqsimotiga oid masalalar kabi omillarga tayanib,
mintaqadagi barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin.
130
Shu nuqtai nazardan, millatlararo munosabatlarda barqarorlikni ta‘minlash
mintaqaviy xavfsizlikning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek,
mintaqada suv taqsimoti masalalarida hukumatlararo komissiya ishini to‗g‗ri yo‗lga
qo‗yish, respublikalar o‗rtasida chegaralash ishlarini oxiriga yetkazish mintaqadagi
kommunikatsion tizimning takomillashtirilishi uning iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini
oshishiga olib keluvchi omil hisoblanadi.
Bundan tashqari,
mintaqada, jumladan O‗zbekistonda faoliyat yuritayotgan
xorijiy tashkilotlar tomonidan o‗tkazilayotgan tadbirlarning boblariga e‘tibor qaratish
va ularning mintaqa ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta‘siri to‗g‗risida amaliy tadqiqotlar
olib borish hamda tegishli xulosalar chiqarish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu ma‘noda manfaatlarning
tengligi asosida, barcha, ayniqsa rivojlangan
davlatlar bilan o‗zaro foydali hamkorlik o‗rnatish mintaqa mamlakatlarining dunyo
iqtisodiy tizimiga tadrijiy hamda qonuniy tarzda integratsiyalashuvi hamda, Markaziy
Osiyo geosiyosiy ahamiyatining yanada kuchayishiga olib kelishi shubhasizdir.
Tayanch so„zlar
: tashqi savdo siyosati, geosiyosat, Markaziy Osiyo geosiyosati,
Dostları ilə paylaş: