O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə96/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   179
ITM UMK (2)

Ilmiy ijodga xos dunyoqarashning qimmati uning nazariy, amaliy, maqsadli, munosabatli tomonlarining birligi bilan belgilanadi. Bu birlikning natijasi sifatida ong va ijodning uyg‘unlashishini keltirish mumkin. Chunonchi, ijodiy faoliyat olib borayotgan sub’ekt ham tirik jonzotdir. Zero, ilmiy-ijodiy faoliyat olib borayotgan sub’ekt o‘zining qarama-qarshiliklari, fikri-xayoli, dunyoqarashi, nuqtai nazari bilan ham tirikdir. Bundan ko‘rinadiki, ijod qilayotgan har bir sub’ekt o‘zining ongi va jismida o‘z faoliyatiga oid har bir murakkab voqelikni seza oladi. Biroq bu jarayon nafaqat ilmiy ish tarzida, balki hayotiy tajribasida ham sinab ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Binobarin, shaxsning tuzilishi Kant aytganidek, uning estetik, nazariy va amaliy nuqtai nazaridan iborat1. Shaxsning dunyoqarashi uning qiymatiga munosabatini bildiradi. Bu munosabatlarda hamma qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lib, inson mantiqiy fikrlashi bilan ularni echadi.
Ijodning muhim sharti – o‘z-o‘zini ijod qilishdir. Zero, odam – har qanday ijodiy harakat manbai bo‘lib, u shunday ijodiy faoliyat orqaligina jamiyatning haqiqiy ma’naviy boyligini oshiradi. Ijod insonni aqlliroq, mehribonroq, ruhini esa balandroq qiladi. Ijodiy faoliyatdagi o‘z-o‘zini yaratish – insonning har bir intilishida har bir harakatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ezgulik bilan yo‘g‘rilgan ijod asosida inson o‘zining odamiyligini maksimum ifodalashga intiladi. Doim atrof muhitga nisbatan e’tiborli, ochiq chehrali, tetik, mehribon, sevuvchi va seviluvchi bo‘lishga intiladi. Ayni shu ma’noda, ijod bu alohida faoliyat bo‘libgina qolmay, hayot usuli hamdir.
Ijodkor o‘zining asarini yaratadi, biroq birovnikini bayon qilish ijod sanalmaydi. Ammo bu “o‘zi” ijod qilayotgan ijodkor shunchaki individual inson emas, ya’ni u o‘zining sub’ektivligida va ongining shaxssiz – umumiy tashuvchisi bo‘lmasligini anglaydi. Chunki u individual – insoniy ifoda ichida g‘ayb ruhi va ilmi faollashayotganligini his qiladi. Shuning uchun ham ba’zan daholar deyarli ixtiyorsiz holatda ichida qattiq kuch ta’sirida harakat qilayotgan medium sifatida buyuk kashfiyotlar yaratadi. Shuningdek, boshqa paytlarda ham ular mashaqqatli mehnat, ko‘p sonli tajribalar bilan yuqoridan berilayotgan narsani ifodalashga yoki adekvat qabul qilishiga harakat qiladilar.
Shunday qilib, ijodiy faoliyat bu faqat yangi mahsulot, qadriyatlar, g‘oyalar yoki kashfiyotlar qilish emas, balki ilohiy irodaning mahsulidir. Shu ma’noda, har qanday inson agar ishiga o‘z shaxsiyati, qalbini bersa, uning hayoti ijodiy jihatdan boy bo‘ladi. O‘z-o‘zini anglash jarayoni bu o‘z-o‘zini ijod qilishning umumiy sharti desa ham bo‘ladi. Chunki o‘z-o‘zini anglash orqali inson o‘z borlig‘ining tub-tubidagi chegaralariga etib boradi. Agar biz qanchalik ichkariga qarab yo‘l olsak, biron bir chegaraga duch kelishdan ko‘ra borgan sari qalbimiz kengayishini his qilamiz. Shuning uchun ham S.L.Frank, “Ichki aloqa orqali dastlabki haqiqat bilan olam hukmronligida ham ozodlikni, ham uning ijodiy hamkori bo‘lishimizga imkon beradi”1 – deb yozadi.
Inson hayotida shunday lahzalar bo‘ladiki, xuddi ko‘zni qoplab turuvchi parda tushadi va olam “yalang‘och” bo‘lib qoladi, bu sezgi organlarimiz uchun, o‘zining yorqinligi va g‘aroyibligi bilan ajralib turadi. Shu nuqtai nazardan, bunday lahzalar ijodkor insonga qattiq hayajoni qo‘rquvgacha olib keladigan darajada qattiq hayajonlanishga ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ko‘pincha yordamga aql kelib, hammasini kundalik andaza va namunalarga aylantirib qo‘yadi. Bundan ko‘rinadiki, ratsional faoliyat inson emotsiyalarini jilovlashga yordam beradi. Bunday faoliyat esa ilmiy ijodning yanada takomillashuviga olib keladi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin