O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə98/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   179
ITM UMK (2)

Xulosalar. Birinchidan, ilmiy ijod dunyoni o‘rganish asosida shakllangan yangi imperativlar, g‘oyalar, kashfiyotlarning nazariy asosi bo‘lib, u faoliyatda namoyon bo‘ladi. Ilmiy faoliyat jarayonida ijod tug‘iladi va takomillashib boradi. Shuning uchun ham unda dastlab yuzaga kelgan yangi fikr-mulohaza alohida qiymatga ega bo‘lmasa-da, keyinchalik o‘zining isbotini topadi, ya’ni ijodiy yangiliklar amaliyotga tadbiq qilinadi va fan rivojiga muayyan darajada hissa qo‘shilishiga olib keladi. Bundan ko‘rinadiki, ilmiy-ijodiy yangiliklar vaqt o‘tsa-da o‘zining ahamiyatini yo‘qotmas ekan. Bu esa ijod jarayonining betakrorligi va davomiylik xususiyatiga ega ekanligini bildiradi.
Ikkinchidan, ilmiy masalalarga munosabatda ijodkor olim tabiatida ko‘ringan o‘ziga xoslik ijodiy izlanishlar onida, kashfiyot qilishda, shuningdek, turli murakkab voqelikka bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, har bir ijodkor dunyoqarashidan qat’i nazar dunyoni eng avvalo, o‘z ijodiy qobiliyatiga ko‘ra idrok etadi. Bundan biz ijodiy faoliyatda sub’ektiv omillarning o‘rni beqiyos ekanligiga amin bo‘lamiz.
Uchinchidan, mamlakatimizda ilmiy ijodga bag‘ishlangan tadqiqotlarning ko‘lamini kengaytirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni chuqurroq o‘rganishda bahslar, izlanishlarni davom ettirish, unda nafaqat olimlar shu bilan birga amaliyotchilar ham faol qatnashishi zarur. Umuman olganda, ilmiy-ijodiy faoliyatning mazmun-mohiyati uning namoyon bo‘lish shakllarida yanada oydinlashadi.


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



  1. Muammoli vaziyatning pirovard negizi nima hisoblanadi.?

  2. Har qanday ilmiy bilish nimadan boshlanadi.?

  3. To‘g‘ri qo‘yilmagan muammo yoki soxta muammo qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi?

  4. Bilishning rivojlanish jarayonida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan, echimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmui nima deb ataladi?

  5. Predmetga va proseduraga doir muammoni, metodologik va baholashga doir muammoni aniq misollar bilan farqlab bering.




Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin