O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə136/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   179
ITM UMK (2)

SEMINAR MASHG‘ULOTLARI


Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanidan pedagogik texnologiyalarga asoslangan amaliy mashg‘ulotni o‘tishga quyilgan asosiy talablar:

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanidan magistrlarga amaliy mashg‘ulot turli shakllarida o‘tiladi va uning mazmuni uchun umumiy holatga quyidagi talablar qo‘yiladi.


1. O‘qituvchi amaliy mashg‘ulotning mavzusi asosida maqsadni aniq belgilash shart. Maqsadlar quyidagilarga bo‘linadi:



  • Bilishga qaratilgan.

  • Tushunish qaratilgan.

  • Amaliy tadbiqqa qaratilgan.

  • Tahlil va umumlashtirishga qaratilgan.

  • SHaxsning munosabatiga ya’ni baholashga qaratilgan.

2.Amaliy mashg‘ulot jarayoni ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga ega bo‘lishi lozim.


3.Mashg‘ulotda magistrlarni yakka holda yoki guruhlarda ishlatish talab etiladi.


4.Magistrlarning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda mavzudan kelib chiqib metod tanlanadi.


5.O‘qituvchi o‘tiladigan mavzuni mashg‘ulot davomida magistrlar tomonidan to‘liq o‘zlashtirib olinishini ta’minlaydi, nazorat shaklini tanlaydi.




Zamonaviy amaliy mashg‘ulotga qo‘yilgan talablar

Zamonaviy amaliy mashg‘ulot eng avvalo magistrlar shaxsining ta’lim olish ehtiyojlarini mustaqil tarzda qondirishga o‘rgatuvchi usullar majmuadir. Bunda asosiy e’tibor o‘qituvchi faoliyatidan magistrlar faoliyatiga ularning ta’lim olish jarayoniga ko‘chiriladi. O‘qituvchi amaliy mashg‘ulotda o‘zi so‘rab o‘zi gapirib beruvchi bo‘lib qolmasligi kerak. Balki magistrlarga yangi bilimlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashuvi lozim. U bilim olish yo‘lini magistrlarga ko‘rsatibgina qolmasdan balki unga erishishga, magistrlarga hamkor bo‘lishi ham zarur.


Zamonaviy amaliy mashg‘ulotga qo‘yiladigan talablarni shartli ravishda 4 ga ajratish mumkin.


1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin