Kirish yoki tashkil qiluvchi. (didaktik vazifasi - magistrlarni mashg‘ulotga tayyorlash).
YAngi bilimlardan xabardor qilish. (didaktik vazifasi - magistrlarni yangi material bilan tanishtiradi).
Sintezlovchi yoki mustahkamlovchi. (didaktik vazifasi - magistrlar tomonidan bilimlarni tizimlashtirish, mustahkamlash, eslab qolish, anglash).
Suhbatlar o‘quv va davra suhbatlariga bo‘linadi. Davra suhbatlarida ishtirokchilarning joylashish tartibi va asosiysi ularning o‘z fikrini navbat bilan bildirishidir. Suxbat erkin vaziyatda olib borilib, savollar aniq, lo‘nda berilishi juda muhimdir.
Ular o‘zaro mantiqiy bog‘liq bo‘lishi, o‘rganilayotgan materialni tub ma’nosini ochib berishi, bilimni tartibli ravishda egallab olishga imkoniyat yaratilishidadir.
Savollar ma’nosi va shakli jihatdan magistrlarni rivojlantirish darajasiga mos bo‘lishi kerak. Oson savollarda faol bo‘lishi, bilishga jiddiy yondashuv intilishni kuchaytiradi.
Suhbat usulini qo‘llashda quyidanilarga amal qiling:
Har bir savolni barchaga berasiz, o‘ylash uchun bir oz o‘tgandan keyingina magistrlarni javob berishga taklif qilasiz.
Savolga joydan turib baqirib javob bergan magistrni rag‘batlantirmang.
Juda uzun yoki “qo‘shaloq” savollar qo‘ymang.
Savolga javob ololmasangiz, savolni qayta tuzish yoki bo‘laklarga ajratib yo‘naltiruvchi savollar bering.
Javoblarni isbotlashga, taqqoslashga, o‘z dadili va misollari bilan asoslashga imkon bering.
Suhbat usulini qo‘llayotganingizda o‘z imkoniyatingizni va magistrlarningizni tayyorgarlik darajasini taroziga solib ko‘ring.