O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə64/179
tarix23.08.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#140231
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   179
ITM UMK (2)

Metodlarning tasnifi. Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga bo‘linadi. Ular: fan metodlari, xususiy ilmiy metodlar, umumilmiy tadqiqot metodlari,empirik tadqiqot metodlari, nazariy tadqiqot metodlari, umummantiqiy metodlar, fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa metodlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar metodlari kabilardir. Quyida ularning mazmunini tahlil qilamiz.
Fan metodlarima’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har bir fundamental fan, mohiyat-e’tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy bilishdagi to‘g‘ri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni yo‘lovchining yo‘lini yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, y yoki bu masalani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. 3epo nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim.
Fan metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida uning roli va o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash o‘rganilayotgan hodisa tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi.
Fanlararo tadqiqot metodlariasosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.
Xususiy ilmiy metodlarmateriya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Xususiy fanlar metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish vositalari: mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi turli o‘lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin