Reaksiya tenglamasi quyidagicha:
С12Н22О11 + 24 СuО → 12CO2 + 11H2O + 24Cu
Bа (OH)2 + CO2 → ↓ BаCO3 + H2O
CuSO4 + 5H2O → CuSO4 · 5H2O
4- tajriba. Organik moddalar tarkibidagi аzotni aniqlash
Kerakli reaktivlar: mochevina kristallari (jun yoki tirnoq), natriy metali, temir (II) sulfatning 5% li eritmasi, temir (III) xloridning 1% li eritmasi, xlorid kislotaning 8% li eritmasi, 90% etil spirti.
Jihozlar: probirka, рipetka, filtr qog‘oz, gaz gorelkasi.
Ishning borish tartibi: Organik birikma tarkibida azot bor-yo‘qligini aniqlash uchun tekshirilayotgan modda 5-10 mg natriy metalining kichik bo‘lagi bilan qo‘shib qizdiriladi. Bu usul organik moddaning natriy metali bilan qotishtirishga asoslangan. qotishtirish natijasida azot natriy sianidga o‘tadi.
Aralashma bir xil qotishma hosil bo‘lguncha ehtiyotlik bilan qizdiriladi. Bunda natriy metallning modda bilan bir tekis qorishishiga ahamiyat berish kerak. Probirka xona temperaturasida sovitilib, ortiqcha natriy metalini yo‘qotish uchun unga 5-6 tomchi etil spirtidan solinadi.
Natriy metali butunlay reaksiyaga kirishganiga ishonch hosil qilinganidan keyin probirkaga 1-1,5 ml suv solib, eritma qaynaguncha qizdiriladi. Suv-spirtli eritma filtrlanadi. Filtratga 1 tomchi fenol-ftaleinning spirtli eritmasidan solinadi. Bunda och pushti-qizil rang paydo bo‘lishi muxitning ishqoriyligidan dalolat beradi. Agar rang hosil bo‘lmasa, probirkaga 5% li NaOH eritmasidan 1-2 tomchi tomiziladi. Probirkaga 10% li temir (III) sulfat eritmasidan 1-2 tomchi tomizilganda qo‘ng‘ir-yashil cho‘kma hosil bo‘ladi. Pipetka bilan probirkadagi loyqadan bir tomchi olib filtr qog‘oz ustiga tomiziladi. Ustiga 8% li xlorid kislotadan tomizilsa, Berlin zangorisi Fe4[Fe(CN)6]3 ning ko‘k rangli dog‘i hosil bo‘ladi.
2NaCN + FeSO4= 2Fe(СN)2+ 3Na2SO4
Fe(CN)2+ 4NaCN = Na4[Fe(CN)6]
3Na4[Fe(CN6)] + 4FeCl3 = Fe4[Fe(CN)6]3 +12 NaCl
Bermen zangarisining hosil bo‘lishi mochevino tarkibida azot borligini ko‘rsatadi.
5- tajriba. Organik moddalar tarkibidagi galogenlarni aniqlash
Organik birikmalardagi galogenlarni (xlor, brom va yod) Beylshteyn usuli bilan aniqlash mis (II) oksidining yuqori temperaturada galogen saqlagan organik birikmalarni parchalashga va bunda mis (II) galogenidlar hosil bo‘lishiga asoslangan.
Organik birikmalar tarkibida galogen borligini odatdagi analitik usullar bilan topib bo‘lmaydi, chunki ular molekulasidagi galogen uglerod atomlari bilan kovalent bog‘lar orqali bog‘langan. Galogenni aniqlash uchun shu bog‘larni uzish va galogenni anorganik birikma holida ajratib olish kerak. Bu esa har xil usullar bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |