Ishning borish tartibi: Quruq probirkaga 1 ml gliserin (yoki 2 g shakar) va mis (II) oksid solib aralashtiring. Aralashmaning yuqorirog‘iga gigroskopik paxta joylashtirib, uning ustiga o’tda toblangan (suvsizlangan) mis sulfat kukunidan bir oz soling. Egik nay o’rnatilgan rezina tiqin bilan probirkani berkiting. Nayning ikkinchi uchini bariy gidroksidli (yoki kalsiy gidroksidli) probirkaga tushiring ( 8- rasmdagidek asbob yig‘ing).
8.Rasm Organik moddalar tarkibidagi uglerod va vodorodni aniqlash uchun yig‘iladigan asbob Tekshirilayotgan modda solingan probirkani ehtiyotlik bilan qizdiring, bunda birikma tarkibidagi uglerod, uglerod (V)-oksid, vodorod esa suv hosil qiladi. Bunda karbonat angidrid ikkinchi probirkadagi bariy gidroksidni oq loyqaga — bariy karbonatga, suv esa oq suvsiz mis (II) sulfatni ko’k kristallarga (mis sulfat kristalgidratiga) aylantiradi.
Reaksiya olib borilayotgan birinchi probirka tubida yaltiroq element – mis hosil bo’ladi.