Kerakli reaktivlar: dixloretan (yoki xloroform) etil spirti, natriy metali, 10% nitrat kislota, distillangan suv 5% li kumush nitrat, mis sim 1m xlorid kislota.
Jihozlar: probirka, рipetka, filtr qog‘oz, gaz gorelkasi.
Beylshteyn usuli
Ishning borish tartibi: Tajriba uchun mis sim xalqa shaklida bukiladi va gaz alangasida qizdiriladi. So‘ngra galogen tutgan organik birikmaga botiriladi va yana gaz alangasiga tutiladi. Bunda alanga yashil rangga bo‘yaladi. Mis (II) galogenidlar mis (I) galogenidlargacha qaytariladi, mis (I) galogenidlar bug‘lanib, alangani bo‘yaydi (CuCl2 – yashil, CuBr2 - ko‘k). Ftororganik birikmalar uchuvchan bo‘lmaganligi sababli, bu usul bilan ftorni aniqlab bo‘lmaydi. Ftor ionini alizarinsirkon indikator qog‘ozi orqali bilib olinadi.