Jihozlar: Hajmi 250 ml li yumaloq tubli kolba, ikki bo‘yinli nay, voronka, sovitgich, suv hammomi.
Ishni bajarish tartibi: Hajmi 250 ml li yumaloq tubli kolbaga 100 g kaliy bixromatning 300 ml suvdagi eritmasini quying. bo‘g‘ziga ikki bo‘yinli nay o‘rnating uning bir bo‘yniga tomizgich voronka, ikkinchisiga sovitgich ulang. Sovitgich rasmda ko‘rsatilgandek reaksion kolba tomon nishab qilingan bo‘lsin. Sovitgich ko‘ylagi ichida suv oqmaydigan, turg‘in holatda 300С da bo‘lsin. Tomizgich voronkaga spirt bilan sulfat kislota aralashmasini joylang. Aralashma alohida idishda, ehtiyot choralari ko‘rilgan holda tayyorlagan bo‘lsin. Reaksion kolbani suv hammomida asta qizdiring. Reaksiya ohista, shunday me'yorda borsinki, tomayotgan aralashma muhitni ko‘pirtirib yoki bug‘latib yubormasin. Oksidlanish jarayoni boshlanganini muhitning qizg‘ish rangini to‘q-yashilga o‘tishidan bilsangiz bo‘ladi. Yuqori haroratda qaynovchi dastlabki va ikkilamchi mahsulotlar sovitgichdan pastga qaytadi. Hosil bo‘lgan sirka aldegid muzda sovitilayotgan yig‘gich idishga yig‘iladi. Aldegidni ko‘proq miqdorda olish qiyin. Uning miqdorini o‘lchang Tqayn=210С, zichligi nur sindirish ko‘rsatkichi .