615
ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bog’liq bo’lib, bu jarayonda
gap qurilishi, gapda so’zlarning bog’lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda
muhimdir; uchinchidan, gap mazmun birligi bo’lib, tugallangan mazmunni bildiradi.
Binobarin, gapning mazmuniy asosi, mazmun ottenkalari ustida ishlash va ularning
gap tuzilishiga bog’liqligi
ustida ishlash ham zarur; to’rtinchidan, gapning
intonatsiyasi
katta ahamiyatga ega, shuning uchun intonatsiya ustida ishlash,
intonatsiyaning mazmun bilan bog’liqligini tushuntirish kerak.
Boshlang’ich sinflar dasturining «Grammatika, imlo va nutq o’stirish»
bo’limida sintaksisdan beriladigan bilimlar aniq ko’rsatilgan. Bola boshlang’ich
sinflarda beriladigan sintaktik materiallar hajmida faqat ona tili darslaridagina emas,
balki boshqa darslarda va maktabdagi barcha mashg’ulotlar jarayonida gap tuzish,
uni tahlil qilish va qayta tuzishga o’rgatib boriladi.
Gap ustida ishlashga oid mashqlar juda xilma-xil bo’lib,
analiz va
sintezning ustunligiga hamda o’quvchilarning mustaqillik darajasiga ko’ra tasnif
qilinadi.
Analiz yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga
bo’linadi:
1) analitik mashqlar, yaoni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil
qilish;
2) sintetik mashqlar, yaoni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar
.
Analitik mashqlar sintetik mashqlarga zamin hozirlaydi,
ular parallel holda
yoki sintetik mashqdan so’ng analitik mashq o’tkaziladi.
O’quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko’ra
gap ustida ishlash mashqlari uchga bo’linadi:
1) namuna asosidagi mashqlar;
2) konstruktiv mashqlar;
3) ijodiy mashqlar.
Dostları ilə paylaş: