sodda yoyiq gap tuzish.
Bunda o’quvchilarga
«Quyosh yoritadi va isitadi»
kabi gap
beriladi, o’quvchi esa
«Ravshan o’qidi va ishladi»
kabi gap tuzadi.
6. Ikki-uch sodda gapdan bitta uyushiq bo’lakli sodda gap tuzish.
Masalan,
«Bahorda qaldirg’ochlar issiq mamlakatlarga uchib ketadi», «Bahorda laylaklar
ham uchib ketadi»
gaplaridan uyushiq bo’lakli
«Bahorda qaldirg’ochlar va
laylaklar issiq mamlakatlarga uchib ketadi»
gapi tuziladi.
Ijodiy mashqlar
da o’quvchilar o’zlari erkin ravishda gap tuzadilar.
Boshlang’ich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
618
1. Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o’quvchilar shu mavzuga mos gap
tuzadilar:
«Quyoshli kunda», «Bizning uy» yoki «Quyon va tipratikan»
kabi.
2. Narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, o’quvchilar rasm asosida bir yoki
bir necha gap tuzadilar.
3. Ikki-uchta «tayanch» so’z beriladi, o’quvchilar shu so’zlarni qatnashtirib
gap tuzadilar. Tayanch so’z sifatida bolalarning faol lug’atiga aylantirish zarur
bo’lgan so’zlar olinadi.
BOG’LANISHLI NUTQ VA UNI O’STIRISH
VAZIFALARI
Bog’lanishli nutq va uni maktabda egallash
Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan
mavzuni ifodalaydigan, logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil,
tugallangan va o’zaro bog’langan ma`noli qismlarga bo’linadigan nutq
bog’lanishli
nutq
deyiladi.
Bog’lanishli nutq birligi sifatida hikoya, maqola, roman, monografiya, doklad,
hisobot kabilarni, maktab sharoitida esa o’qituvchi bergan savolga o’quvchilarning
keng, mukammal og’zaki javobini, yozma bayon va inshoni olish mumkin.
Boshlang’ich sinflar metodikasida bog’lanishli nutqqa oid mashq turlariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
1) berilgan savolga keng, mukammal javob;
2) o’qilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni o’rganish; o’quvchilar
lug’atini faollashtirish bilan bog’liq holda har xil matnli mashqlar;
3) muntazam o’tkazilgan kuzatishlarni yozish, ob-havo kundaligini yuritish;
4) o’qilgan matnni turli variantda og’zaki qayta hikoyalash;
5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshlab berilgan yoki oxiri berilgan
hikoya, reja yoki syujet asosida o’quvchilarning og’zaki hikoyasi;
6) badiiy matnni hikoya qilish, yod olish, o’quvchilar saviyasiga mos matnlarni
yoddan yozish;
7) ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish;
8) namunasi berilgan badiiy, ilmiy-ommabop matn asosida bayon yozish;
619
9) o’qituvchi bergan matnni og’zaki va yozma qayta tuzish (tanlab qayta
hikoya qilish va bayon, ijodiy qayta hikoyalash va bayon, hikoyani sahnalashtirish
kabilar);
10) har xil turdagi yozma insho.
Bu mashqlarning hammasi nazariyasiz, amaliy tarzda beriladi. Bunday
mashqlarni takroriy ishlatmaslik yoki asosiylarini tushirib qoldirmaslik uchun
nutqiy mashqlarning aniq rejasi tuzib olinadi.
Bog’lanishli nutqdan mashqlarning turli xil bo’lishida, avvalo, material
manbaiga, tematikaga, shuningdek, janriga, til xususiyatiga, mashq turiga rioya
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |