O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə394/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   416
Tanlab hikoya qilish va bayon 
Tanlab hikoya qilish matndan tor mavzuga, kichik so’roqqa oid qismini tanlab 
qayta hikoyalashdir. Masalan, o’qilgan matndan faqat personajning tashqi ko’rinishi 
tasvirlangan qismnigina qayta hikoya qilish, faqat ikki personajning uchrashish 
manzarasini qayta hikoyalash, faqat tabiat tasvirini hikoya qilish va boshq. 
Tanlab qayta hikoyalashning quyidagicha turlari mavjud: 
1. O’qilgan matn qismini yoki bir voqeani unga chizilgan rasm asosida hikoya 
qilish. 
2. O’qituvchi topshirig’i yoki berilgan savol asosida alohida lavhani hikoya 
qilish.


630 
3. Berilgan mavzu bo’yicha matnning turli qismlaridan olingan parchalarni 
hikoya qilish. Bu ish tanlab hikoya qilishning murakkabroq turi hisoblanadi. 
Tanlab hikoya qilish uchun o’quvchi matnni boshidan oxirigacha qayta o’qib 
chiqishga yoki yodga tushirishga, kerakli materialni yig’ishga to’g’ri keladi. Buning 
uchun o’quvchilarga matnni ichda o’qish topshiriladi yoki ovoz bilan tanlab o’qish 
topshirig’i beriladi. Bunday tanlab hikoya qilish baozan yozma bayon sifatida ham 
o’tkaziladi.
Qisqartirib qayta hikoyalash va bayon 
Matn mazmunini qisqartirib qayta hikoyalash va bayon yozish murakkab 
mantiqiy usullardan foydalanishni talab qiladi, shuning uchun ham u to’liq yoki 
matnga yaqin qayta hikoyalash va bayonga nisbatan qiyin. Bunda matndan ikkinchi 
darajali o’rinlarni tushirib qoldirib, asosiy, muhim o’rinlar tanlab olinib, hikoya 
qilinadi. Buning uchun o’quvchining o’zi matnning asosiy mazmunini aniqlashi, 
bog’lanishli, izchil qayta hikoyalashi, uning hikoyasi matnni qisqartish tarzida 
bo’lmasligi, o’zlashtirilgan matnning asosiy mazmunini o’z so’zlari bilan bera olishi 
zarur. Qisqartirib qayta hikoyalashga o’rgatish uchun bayon mazmunini qisqartirib 
tuzish oson bo’lgan hikoya tarzidagi matn tanlash tavsiya etiladi. Qisqartirib qayta 
hikoyalash elementlari 1-sinfdan kiritiladi. O’qilgan matnni tahlil qilish jarayonida 
o’quvchilardan uning bir qismini qisqa − bir gap bilan aytish so’raladi. Keyin 
o’quvchilarga matnning ikki qismini, nihoyat, butun matnni qisqartib qayta 
hikoyalash tavsiya etiladi.
O’quvchilar matnni to’liq qayta hikoya qilishga o’rganganlaridan so’nggina 
matnni qisqartib qayta hikoyalashga o’rgatiladi. Qisqartirib qayta hikoyalash, o’z 
navbatida, matn rejasini tuzish, yaoni matn qismlariga sarlavha topish bilan bog’liq, 
asarning asosiy mazmunini qisqa ifodalash esa matn ustidagi analitik-sintetik 
ishlarning natijasidir. Baozan o’quvchilar asarning asosiy mazmunini (g’oyasini) 
qisqa, bir gap bilan ifodalashga o’rgatilgach, matn rejasini tuzishga, keyin matnni 
qisqartib qayta hikoyalashga, undan so’ng matn mazmunini to’liq qayta hikoya 
qilishga o’rgatilishi ham mumkin. 


631 
Qayta hikoyalash bog’lanishli nutqni o’stirishning zaruriy bosqichidir. 
Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga ko’ra, matn mazmunini qisqartirib bayon 
yozishni 3-sinfda o’rgatish ko’zda tutiladi. Qisqartirib bayon yozishga tayyorgarlik 
matn qismlariga sarlavha topish, matn rejasini jamoa bo’lib tuzish bilan bog’liq 
holda 2-sinfdan boshlanadi. 
Qisqartirib bayon yozish uchun o’qituvchi yoki o’quvchilarning o’zlari matnni 
bir-ikki marta o’qiydilar, so’ng matn mazmuni yuzasidan suhbat o’tkaziladi va 
yoziladigan asosiy fikr hamda tushirib qoldiriladigan o’rinlar ajratiladi. Qisqartirib 
bayon yozishga og’zaki tayyorgarlik jarayonida matn rejasi tuziladi, lug’at ustida 
ishlanadi, gap va matnning ayrim qismlari tuzdiriladi. Og’zaki qisqa qayta 
hikoyalashdan matnni qisqartib bayon yozishga o’tiladi. Qisqartib bayon yozishga 
og’zaki tayyorgarlik mashqlari asta kamaytirilib boriladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin