O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə395/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   416
 
Ijodiy qayta hikoyalash va bayon 
Metodikada ijodiy qayta hikoyalashning bir necha turi ajratiladi. Boshlang’ich 
sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 
1. SHaxsini o’zgartirib qayta hikoyalash va bayon.
Boshlang’ich sinflarda I 
shaxs tilidan berilgan hikoyani III shaxs tilidan qayta hikoya qilishdan ko’proq 
foydalaniladi, ijodiy qayta hikoyalashning bu turida o’quvchilar hikoyadagi gaplarni 
qayta tuzadilar. Masalan, I shaxs tilidan berilgan matnni o’quvchilar III shaxs tilidan 
qayta hikoya qilishlari uchun o’qituvchi rahbarligida gapning kesimini 
o’zgartiradilar, unga mos ravishda gapning o’zini qayta tuzadilar; hikoya qiluvchi 
shaxsning nomini va 
u
yoki 
ular 
so’zini ishlatadilar. SHaxsini o’zgartirib qayta 
hikoyalash va bayon yozish o’qish darslarida olib borilgan bunday og’zaki 
tayyorgarlikning davomi sifatida o’tkaziladi. 
2. Hikoyada ishtirok etuvchi biror personaj tilidan qayta hikoya qilish.

3. Matnni ijodiy to’ldirib qayta hikoyalash.
O’quvchilar hikoya mazmunini, 
sharoitini yaxshi tushunsalargina, uni ijodiy to’ldirib qayta hikoyalay oladilar. Ijodiy 
qayta hikoyalashning bu turi ham ko’pincha og’zaki tarzda o’tkaziladi. 


632 
4. So’z bilan tasvirlash yoki sahnalashtirish.
Ijodiy qayta hikoyalashning bu 
turi savollar yoki quyidagi kabi topshiriqlarni bajartirish asosida o’tkaziladi: 
«Siz 
shu vaziyatda o’zingizni qanday sezasiz?
Bular rasmda tasvirlangan deb o’ylang. 
SHu voqealar ko’z oldingizdan o’tyapti, siz ko’ryapsiz, eshityapsiz va o’zingiz 
tasvirlayapsiz deb o’ylang».
O’quvchilarga topshiriq sifatida matndagi tabiat tasviri, 
qahramonlarning tashqi ko’rinishi, portretini so’z bilan tasvirlash berilishi mumkin. 
Bu asosan og’zaki bajariladi, ayrim hollardagina bayon shaklida yozdiriladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin