O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


lug’aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə403/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   416
lug’aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy, 
sintaktik-uslubiy. 
Boshlang’ich sinflarda lug’aviy-uslubiy xatolar ko’proq uchraydi. Bunday
xatolarga quyidagilar kiradi: 
1. 
Bir 
so’zni 
qayta-qayta 
ishlatish.
Bunday 
xatoning 
kelib 
chiqishiga sabab, birinchidan, o’quvchi so’zni ishlatishga kam eotibor beradi va faol 
lug’atidagi so’zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o’quvchining so’z boyligi 
kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so’zlar o’rniga olmoshlardan 
foydalana olmaydi. 
Agar o’qituvchi bir so’zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning 
ma`nodoshlaridan yoki shu so’z o’rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini 


644 
yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o’quvchi matnni eotibor bilan o’qib, takrorlarini 
nisbatan tez tuzata oladi. 
2. So’zning ma`nosini yoki ma`no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq 
ma`nosida ishlata olmaslik.
 
Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, 
so’z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi. 
3. SHevaga xos so’zlardan foydalanish.
O’quvchilar bunday so’zlarni ota-
onalarining nutqi va nutqiy sharoit ta`sirida qo’llaydilar. Ularda adabiy tilda 
qo’llanadigan tushunchalarni shakllantirish asosida shevaga xos so’zlarni 
ishlatmaslik ko’nikmasi hosil qilinadi. 
Leksik xatolar xilma-xil bo’lgani uchun uni to’g’rilash va tushuntirish usullari 
ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo’li bor: bu 
yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o’qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til 
tomondan tahlil qilish, matndagi so’zlarning ma`no qirrasini tushuntirishdir. 
Morfologik-uslubiy xatolarga so’z shaklini, so’z o’zgartuvchi va so’z yasovchi 
qo’shimchalarni noto’g’ri qo’llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi. 
Sintaktik-uslubiy xatolarga so’z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi. 
Bunday xatolar juda xilma-xildir. 
Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto’g’ri bayon qilish nutqiy xato 
hisoblanmaydi. 
Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos 
kelmasligi, yaoni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi. 
Inshoga tayyorgarlik vaqtida o’quvchilar kuzatish, material to’plash, dalillarni 
tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar 
haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko’z oldilariga keltira olmaydilar, 
natijada kompozitsion xatoga yo’l qo’yadilar. Bunday xato hikoya mazmunini to’liq 
qamrab ololmaslik, materialni o’z o’rniga joylashtira olmaslik natijasidir. Inshoni 
rejali, izchil yozish ko’nikmasi murakkab ko’nikma bo’lib, u o’quvchilarda 
muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi. 
Mantiqiy xatolar:


645 
1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo’lgan so’z, baozan zarur 
lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun 
o’quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin 
yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, yaoni u hikoya mazmunini biladi, 
ammo tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o’rinlar yozuvda aks etmay 
qoladi. 
2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan,
Zavodda paxtadan ip qilinadi. 
Terimchi paxtani paxta terish mashinasida teradi.
Bunday mantiqiy xatolarni 
o’quvchilar matnni qayta o’qish va tahlil qilish jarayonida oson to’g’rilaydilar. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin