material manbaiga ko’ra
quyidagi uchga bo’linadi:
1) o’quvchining o’zi ko’rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, yaoni mehnat,
kuzatishlar, ekskursiyalar, o’yinlar, o’z tajribasi va boshqa jonli materiallar
asosidagi insho;
2) kitob materiali, rasmlar, filьm, spektaklь, o’qituvchi hikoyasi va boshqa
manbalar asosidagi insho;
3) turli manbalar materialidan foydalaniladigan insho.
Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko’rish metodiga ko’ra
insho ikki turli
bo’ladi:
1) sinf o’quvchilari uchun umumiy bir mavzu asosida jamoaviy
tayyorgarlikdan so’ng yoziladigan insho;
2) alohida mavzu asosida individual tayyorgarlikdan so’ng yoziladigan
individual insho.
Janriga ko’ra
hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi insholarga bo’linadi.
Boshlang’ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud bo’lgan hikoya
tarzidagi inshodan ko’proq foydalaniladi.
634
Inshoni tasnif qilish ta`limiy vazifalarni chuqur anglash va metodik vositalarni
tanlashga, shuningdek, ish turlarini zaruriy yo’nalishda, baravar taqsimlashga
yordam beradi.
Boshlang’ich sinflarda yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan biri kichik
yoshdagi o’quvchilarning shaxsiy hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir.
Rasm asosidagi insho
maktablarda tez-tez o’tkaziladi, chunki rasm bolalar
nutqiy ijodini, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Rasm bolalar sezgisiga ta`sir
etadi, hayotning bola tajribasida hali uchramagan tomonlarini ochadi. Rasm
o’quvchilarga tanish bo’lgan hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi.
Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor:
1) rasmlar seriyasi yoki rasmli reja asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho;
2) syujetli, o’quvchilarni o’ylashga, faraz qilishga undaydigan bir rasm asosida
yoziladigan hikoya tarzidagi insho;
3) rasmni tasvirlash (tasviriy insho).
O’quvchilar avval rasmlar seriyasi asosida, so’ng bir rasm asosida, undan so’ng
tasviriy insho yozish (rasmni tasvirlash)ga o’rgatiladi.
Dasturga ko’ra, 1-sinf o’quvchilari o’yinlari, mehnatlari, voqea-hodisalar
haqidagi taassurotlari asosida o’qituvchi rahbarligida hikoya tuzishlari va uni
ma`lum tayyorgarlikdan so’ng yozishlari, 2 - sinfda rasmlar seriyasi asosida kichik
hikoya tuzish va uni jamoa tarzda tuzilgan reja asosida yozish, tabiatni kuzatish va
mehnat jarayoni haqida, bolalarning o’yinlari, ishlari, sayillari haqida, avval
o’qituvchi rahbarligida, keyin mustaqil ravishda kichik hikoya tuzish va uni yozish,
shaxsiy ishlari haqida xat yoza olishlari, 3 - sinfda rasmlar (bir mavzuga oid bir
necha rasm, syujetli bir rasm, rasmni tasvirlash) asosida hayotiy tajribalari,
kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan taassurotlari asosida rejani, avval jamoaviy
ravishda, keyin mustaqil tuzib hikoya qilish va uni yozishlari talab etiladi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning hayotiy tajribalari kam bo’lgani uchun
ko’pincha rasmlardan, ekskursiyalardan foydalanish tavsiya etiladi. O’quvchilar
rasmlar asosida fikrini quyidagi tartibda izchil ifoda etishga o’rgatiladi:
1.
Rasmni diqqat bilan kuzating.
635
2.
Rasmdagi muhim voqealarni tartib bilan hikoyalang.
3.
Voqea qachon va qaerda yuz berganini ayting.
4.
Rasmga sarlavha qo’ying.
5.
Hikoyaga xulosa o’ylang.
6.
Reja tuzing.
7.
Rasmdagi voqeani og’zaki hikoya qiling va insho yozing.
O’qituvchining savollari asosida o’quvchilar hikoyaning asosiy qismining
mazmunini aniqlashtiradi. Masalan: 4-sinf “Ona tili” darsligidagi 415-mashqda
rasm asosida ertakni davom ettirish topshirig’i berilgan. O’qituvchi rasmlar seriyasi
yuzasidan quyidagi kabi topshiriqlarning berilishi maqsadga muvofiq bo’ladi:
-1-rasmda qanday voqea yuz berganini hikoya qiling.
-2-rasmda qanday voqea yuz berganini hikoya qiling.
-3-rasmda qanday voqea yuz berganini hikoya qiling.
-Laylak cholga oxirida nima uchun urto’qmoqni berdi?
-Odamlar qanday ishlari uchun jazolanadilar?
-O’ylang, ertakka qanday sarlavha qo’yish mumkin? Nima uchun?
-Ertakni to’liq hikoyalab bering.
-SHu ertak asosida ijodiy insho yozing. Unga o’zingiz voqealar qo’shishingiz
mumkin.
-O’rtog’ingizning hikoyasida qaysi so’zlarni ishlatishini xohlar edingiz? Nima
uchun?
O’quvchilar berilgan tavsiyalar ustida ishlashadi. Mazkur ish faoliyatida
o’quvchilarning mantiqiy tafakkurining rivojlantirilganini, ya’ni rasmni analiz
qilishi,
savollar
tuzish,
sarlavha
topish
orqali
rasm
mazmunini
umumlashtirganligini, qismlarning o’zaro bog’lanishini, fikrini asoslashini, xulosa
chiqarishini ko’rish mumkin. Bunda eng muhim ish rasm va uning qismlariga
tuzilgan rejaning asoslanganligida. Bu o’quvchilarni o’z fikrlarini dalillashga
o’rgatadi.
O’quvchilarning nutqiy ko’nikmalarini yozma ifodalashlarida, birinchi
navbatda, to’g’ri yozish ko’nikmalari shakllantirilishi kerak. To’g’ri yozuv
636
avtomatilashadigan hodisa. To’g’ri yozuvga doir bilim sistematik mashqlar
davomida ko’nikmaga, so’ng malakaga aylanadi. Bu o’quvchilar uchun qiyin
jarayon. Malaka til hodisalarini ongli egallash asosida anglanadi, o’quvchilarning
mantiqiy tafakkurini ishga solish uchun tafakkuri aktivlashtiriladi va rivojlantiriladi.
Ona tilidan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari uchun o’quvchilarning
ma’lum darajada aqliy zo’riqishlarini, muayyan aqliy mehnat usullarini talab etadi.
O’quvchilardagi rivojlanish o’qituvchining darsdagi noto’g’ri rahbarligi va o’qitish
usullaridan to’g’ri foydalanmasligi oqibatida to’xtab qoladi. O’qituvchining to’g’ri
va sistematik rahbarligi, fanning o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini
rivojlantirishdagi rolini tushunib harakat qilishi aqliy rivojlanishni ta’minlaydi.
Boshlang’ich sinflarda insho ta`limiy xarakterda bo’ladi, 3-sinfdagina
tekshiruv insho o’tkazish mumkin. Rag’batlantirish maqsadida ta`limiy insholar
ham baholanadi, lekin salbiy baho qo’yish tavsiya etilmaydi.
Boshlang’ich sinflarda yozma inshoga nisbatan og’zaki insho ko’p o’tkaziladi.
Og’zaki hikoya tuzish bola maktabga kelgan birinchi kunlardanoq boshlanadi,
yozma insho esa 1-sinf oxiri va 2-sinfdan boshlab o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |