O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


O’quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə398/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   416
O’quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati 
Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho 
ustida o’quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, insho g’oyasiga ham 
bog’liq. 
Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil 
fikrlashga o’rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini o’stiradi. Bolalar eng 
qiziqarli va o’zlariga yaqin voqea-hodisalar haqida hikoya qiladilar va yozadilar, 
ularning inshosi mustaqil ishlash malakasini o’stiradi, ommaviy faollikni oshiradi. 
Tanlangan mavzuning g’oyaviy yo’nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal 
qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi, 
bolalarning hayoti, maktab, tug’ilib o’sgan qishlog’i yoki shahri haqidagi, urush 
qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa qulay. Bu mavzulardagi insholar mehnat 
kishilariga, qahramonlarga chuqur hurmatni tarbiyalaydi. 


637 
Insho jamiyat hayotini tushunishga o’rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning 
yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat mahsuliga muhabbatni 
tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon 
axloqiy talablarini anglashda o’quvchilarga yordam beradi. 
Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish 
talab etiladi: 
1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og’zaki va yozma inshoni 
muntazam o’tkazib borish bilan o’quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash.
Mustaqil 
insho o’quvchilar faolligini o’stiradi. 
2. Inshoni hayot bilan bog’lash. 
Bunda kuzatishlar asosidagi insho, kundalik 
yuritish, qilingan ishlar yuzasidan «hisobot» tarzidagi insho, xat, maqola, o’qilgan 
kitob haqida taqriz kabilarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   394   395   396   397   398   399   400   401   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin