O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə388/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   416
tasvirlash, hikoya qilish 
va 
muhokama
ga bo’linadi. Boshlang’ich sinflarda bular, asosan, 
tasvir
yoki 
muhokama
elementlari bo’lgan hikoya tarzida uchraydi. 
Har uchala janr uchun foydalaniladigan material xarakterida ham, qurilishida 
ham, til vositalarini tanlashda ham o’z xususiyatlari mavjud. Insho yoki bayonga 
tayyorlanayotganda o’qituvchi (yoki o’quvchi) matnning janr xususiyatlarini 
hisobga oladi. 
Hikoya 
boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos janr hisoblanadi, chunki u 
jo’shqin, jonli, ta`sirchan bo’ladi. «O’qish kitobi»da bunday hikoyalar ko’plab 
berilgan. 
Tasvir
da syujet, qatnashuvchi shaxslar bo’lmaydi; unda tabiat, ayrim predmet 
va hodisalar tasvirlanadi. O’quvchilar «O’qish kitobi»da berilgan ko’pgina tasviriy 
matnlarni o’qiydilar, ularni qayta hikoya qiladilar, bayon, ayrim narsa yoki 
hodisalarni tasvirlab insho ham yozadilar. Masalan, «Bizning sinfimiz», «Bahor 
keldi» kabi. Tasvirga xos xususiyatlar shundan iboratki, unda sifatlash, taqqoslash, 
metaforalar ko’p bo’ladi. Tasvir o’quvchilar uchun hikoyaga nisbatan qiyin janr 
hisoblanadi, shuning uchun boshlang’ich sinflarda ko’proq tasvir elementlari 
bo’lgan hikoya tarzidagi bayon va insho yozdiriladi. 


621 
Muhokama
bog’lanishli matnning anchagina qiyin shakli hisoblanadi, 
shuning uchun boshlang’ich sinflar dasturida muhokama tarzida insho yozdirish 
tavsiya etilmaydi; o’quvchilar inshoda muhokama elementlaridangina 
foydalanadilar. Masalan, «Qushlar uyasini nima uchun buzish mumkin emas», 
«Paxta − bizning milliy boyligimiz» mavzularida og’zaki hikoya tuzdirilsa yoki 
insho yozdirilsa, muhokama elementi, albatta, bo’ladi. 
O’qituvchi bog’lanishli nutqni rejalashtirganda, turli janrda mashq qilishni 
ko’zda tutadi va o’quvchilarga hikoya, tasvir va muhokama elementlarini o’rgata 
boradi. Bunda ko’proq hikoya tarzidagi matn tuzdirishga ahamiyat beradi. 
Bolalarning bog’lanishli nutqni egallash darajasiga qarab, matnga tasvir va 
muhokama elementlari kiritib boriladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin