85
Bolalar bodring terdilar.
Amaki ularga rahmat aytdi.
7. Kartochkalar bilan ishlash. Bunda bir necha o’quvchilarga
quyidagicha
shakllar chizilgan kartochkalar tarqatiladi:
1.
2.
3.
So’ngra ularga har bir kartochkani o’z o’rniga qo’yib, gap tuzish va tushuntirib
berish topshirig’i beriladi. Bunday topshiriqlar o’tirgan o’quvchilarga tasmachalarda
bajartirilishi mumkin. Hech bo’lmaganda topshiriqning to’g’ri bajarilgan-
bajarilmaganini so’rash lozim.
8. Gapni so’zlar qo’shib kengaytirish va uni chizmada ifodalash.
Bunda
o’qituvchi gapdagi narsalarning belgilarini topishga undovchi savollar berib turadi.
(
Qanday
olmalar?,
qachon
terdi?,
qaerdan
terdi? va shu kabi)
Bunday ish turi o’quvchining bilish faolligini oshiradi,
darsga qiziqish
uyg’otadi. Bu jarayonda o’quvchilar gapning yozilishi bilan bog’liq imloviy
bilimlarni egallab boradilar, ularning gapni to’g’ri tuzish malakalari rivojlanadi.
Yuqoridagi mashqlar savod o’rgatish darslari
davomida izchil uyushtirib
boriladi. Bu xil mashqlar o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan tipik xatolarning
(gap chegarasini farqlamaslik) oldini olish imkonini yaratadi. O’quvchilar gapning
ohangiga, to’xtamlariga e’tibor berib, uni chegaralab olishga o’rganadilar.
Dostları ilə paylaş: