O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   416
Taqrizchilar:
Ernazarova Manzura 
- filologiya fanlari doktori (DSc),
 
Navoiy davlat

pedagogika instituti “Boshlang`ich ta`lim metodikasi” 


kafedrasi mudiri
Hamroyev Alijon 
- pedagogika fanlari nomzodi, Buxoro davlat universiteti
“Boshlang`ich ta`lim metodikasi” kafedrasi mudiri

Shofqorov Abdushukur -
filologiya fanlari nomzodi, dotsent Chirchiq davlat
pedagogika instituti “Til va adabiyot” kafedrasi mudiri
 
 
 
 
 
 
 



I BO`LIM. BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI O’QITISH 
METODIKASI - PEDAGOGIK FAN SIFATIDA 
 
 
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining
predmeti, maqsadi va vazifalari 
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi pedagogik fanlar qatorida
o`quvchilarga boshlang`ich til asoslarini o`rgatish, adabiy ta`lim orqali borliq va 
jamiyat haqida tushuncha berish, o`quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, 
kamol toptirish kabi amaliy ishlar nazariyasini ishlab chiqadi. 
Boshlang’ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi o’z predmetiga ega bo’lib, u 
o’zining maqsad va vazifalarini davlatimizning me`yoriy hujjatlari va ta’lim 
to’g’risidagi qonun hamda qarorlari asosida belgilaydi. 
Ona tili va o`qish darslari (adabiy ta`lim) umumta`lim maktablarida asosiy 
o`quv predmetlaridan biri hisoblanadi. Boshlang`ich sinf o`qituvchisining kasbiy 
mahorati mazkur predmetning mazmuni va o`qitish metodlarini qay darajada egallab 
olishiga bog`liq.
Talabalarni bo`lajak boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi sifatida ularning hozirgi 
zamon metod, usul, shakl va vositalardan foydalanish qobiliyatini tarkib toptirish, 
dastur talablari asosida o`quvchilarda bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish, 
shaxsini har tomonlama rivojlantirish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlariga 
tayyorlashdir. 
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi o’quv predmetlarining 
mazmunidan, o’quvchilarning hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda metod, 
usul va o’qitish vositalarini tanlaydi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin