O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   416
psixologiya
va 
pedagogika
ma’lumotlariga ham 
tayanadi. Metodikaning masalalarini hal etishda pedagogik ilmlar ham yordam 
beradi. SHuning uchun ham psixologiya va pedagogika fanlari metodikaning 
metodologik asosi hisoblanadi. 
Pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik 
qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi. U o’quvchilarda tafakkurning 
shakllanishini tadqiq qiladi, aqliy faoliyat usullari va ko’nikmalarini o’zlashtirish 
jarayonini 
boshqarish 
masalalarini 
o’rganadi, 
o’qitish 
jarayoning 
muvaffaqiyatliligiga, pedagog bilan o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga 
va o’quvchilar jamoasidagi munosabatlariga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni, 
o’quvchilardagi individual-psixologik farqlarni, aqliy rivojlanishdan orqada 
qoluvchi bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining o’ziga xos 
xususiyatlarini aniqlaydi. Bu bilan pedagogik psixologiya metodika faniga o’quv 
materialini tanlashda, boshlang’ich sinflarda ona tilining mazmuni va hajmini, o’quv 
materialini aniqlashda hamda ularni sinflar bo’yicha taqsimlashni muayyan 
izchillikda joylashtirishda yordam beradi, o’qitishning samarali usul va shakllarini 
belgilashga, 
o’quvchilar analitik-sintetik faoliyatining to’g’ri o’sishiga 
ko’maklashadi. 


14 
Metodika psixologiya fani ma’lumotlariga tayanib o’qitishda o’quvchilarning 
yosh va individual xususiyatlarini hisobga olib yondashish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Ona tili o’qitish metodikasi 
psixolingvistika
fani bilan ham uzviy bog’liqdir. 
Psixolingvistika metodikaga nutq haqida - fikrni bayon qilish turlarini belgilovchi 
omillar, “nutqni qabul qilish signallari” apparati, individual munosabatga va 
ommaviy aloqaga nutqiy ta’sirning foydasi haqida ma’lumot beradi. Bu ma’lumotlar 
metodik masalalarni hal qilish uchun, ayniqsa, bog’lanishli nutqni o’stirish 
metodikasi uchun juda muhimdir. 
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi 
didaktika
bilan, ya’ni 
ta’limning umumiy nazariyasi bilan ham bog’lanadi. Metodika didaktika belgilab 
bergan qonuniyatlar, qoida va tamoyillarga asoslanadi. Didaktika tamoyillariga, 
ya’ni o’rganiladigan materialning ilmiyligi va muvofiqligi, til va materialni o’rgatish 
va mustahkamlashda ko’rgazmalilik, onglilik, bilim, ko’nikma va malakaning 
puxtaligi, doimiy takrorlash, o’quvchilar bilish faoliyatining faolligi, mustaqillik
o’qitishni hayot bilan, bolalarning qiziqishlari bilan bog’lab olib borishga rioya 
qilish maktabda o’qitiladigan barcha predmetlardan, shu jumladan ona tilidan ham, 
o’qish jarayonini tashkil qilishda juda zarurdir. 
Ona tili metodikasi 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin