8
2. O’qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o’quvchilar
amaliy ishlari, mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni
“Qanday o’qitish kerak?”
savoliga javob tayyorlab beradi.
3. O’quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko’nikma
hosil qilishda ilmiy
nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni
“Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak?”
savoliga javob tayyorlaydi. Eng
foydali materiallarni o’rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni
eksperimental tekshiradi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi
yuqori sinflarda ona tili
o’qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo’lib, u tekshiradigan masalalarni
boshlang’ich sinf o’quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o’rgatadi. Shu bilan
birga, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasining o’ziga xos
xususiyatlari ham mavjud. Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitish grammatika,
imlo va unga bog’liq holda nutq o’stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod
o’rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o’qish metodikalarini ham o’z ichiga oladi.
Shulardan kelib chiqib, boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani
quyidagi
vazifalar
ni bajaradi:
a) boshlang’ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini,
ya’ni kursning (xat-savod o’rgatish, o’qish, grammatika va imlo, nutq o’stirish va
h.k.) dasturini belgilash va asoslash;
b) o’qish va yozuvdan bilim va ko’nikmalarning shakllanishi jarayonini hamda
bu jarayonda o’quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni o’rganish,
xatolarning
sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to’g’rilashga yordam beradigan ish
turlarini ishlab chiqish;
v) ona tilidan beriladigan o’quv materialini o’quvchilar aniq tushunishi va
puxta o’zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda
tatbiq eta olish va
ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini,
mantiqiy, ijodiy
tafakkurini, nutqini o’stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab
chiqish;
9
g) ona tilini o’rgatish bilan bog’liq holda boshlang`ich ta`lim oldiga qo’yilgan
tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o’quvchilarda axloqiy
va estetik sifatlarni
shakllantirish.
Ona tili o’qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarning
bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qishning muvaffaqiyati va
kamchiliklarini belgilaydi, sababini o`rganadi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish
usullarini topadi.
Ona tili o`qitish metodikasi ta’lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini
o’qitishning izchillik va uzluksizligini ta’minlaydi. Maktabgacha ta`lim
muassasalarida, asosan, bolalarning nutqini o’stirish nazarda tutiladi. Boshlang’ich
sinflarda o’quvchilar nutqini o’stirishdan
tashqari, ona tilidan elementar nazariy
tushunchalarni amaliy o’zlashtirishlariga ham amal qilinadi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani quyidagi
Dostları ilə paylaş: