6
“Metodika”
(yun. “metodike”)
biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish
metodlarining, usullarining yig’indisi yoki o’qitish usullari haqidagi ta’limot
2
-
ta’lim berish metodlari, yo’llari va vositalari haqidagi fandir. Boshlang’ich sinflarda
til va adabiy ta`limni o’qitish metodikasi boshlang’ich ta’lim oldiga qo’yilgan ta’lim
va tarbiyaviy
vazifalardan kelib chiqib, ona tili va adabiy ta`limni o’rgatishning
vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu
jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini
belgilaydi.
Ta’lim beruvchi mutaxassis didaktik jarayon, metod, usul, vosita, pedagogik
omil, metodik omil, o`quv materialini rejalashtirish istilohlarining ma’nolarini
bilishi, farqlashi lozim.
Ta`limning samaradorligi ko’p jihatdan o`qituvchi
tomonidan didaktik
jarayonni to`g`ri tashkil etishiga bog`liq. Didaktik jarayom barcha ta’lim
muassasalarida pedagoglar uchun eng muhimi hisoblanadi. Didaktik jarayon
shaxsning tanlovni amalga oshirishi uchun muhim yo’nalish hisoblanadi.
Mazkur jarayonda muayyan o’quv vositalari o’zlashtiriladi va qo’llaniladi.
Didaktik jarayonning tarkibi 3 ta o’zaro aloqador qismlarni o`z ichiga oladi: 1)
o’quvchilarni yo’naltiruvchi; 2) o’quvchilarning shaxsiy
bilish faoliyatlarini
amalga oshiruvchi; 3) o’qituvchi tomonidan mazkur faoliyatning boshqarilishini
ta’minlovchi qismlar. Ushbu qismlar barcha didaktik
jarayonlarda birday amal
qiladi.
O`qituvchi ta`lim jarayonida o’quv materiali, tashkiliy-pedogogik ta’sir
ko`rsatishni ta`minlashi, o’quvchilarning o’qimishlilik
darajasi, vaqt kabi didaktik
omillarni hisobga olishi lozim.
Dostları ilə paylaş: