O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   416
“Metod”
 
yunoncha 
“metodos”
 
so’zidan 
olingan bo’lib, 
“bilish va tadqiqot yo’li”, “nazariya”, “ta’limot”
kabi ma’nolarni 
bildiradi
1
. “Metod” tushunchasi falsafiy va didaktik ma’nolarga ega. Falsafiy 
ma’noda “metod” tabiat va jamiyat hodisalarini kuzatish hamda voqealikka ilmiy 
1
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. Т.: “Ўзбекистон Миллий энциклопедияси” Давлат 
илмий нашриёти, 5-жилд, 2003. 613-бет. 



nuqtai nazardan yondashish demakdir. Didaktik ma’noda bu tushuncha 
o’quvchilarni bilim, malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish yo’llarini ifodalaydi.
“Metod” 
usullar majmuidan iborat. Masalan, “Otlarning kelishik 
qo’shimchalari bilan qo’llanishi” mavzusini yarim izlanishli muammoli metodda 
o’qitishda o’quvchini muammoli izlanishga undovchi vaziyatlarni yuzaga 
keltirishga doir turli usullardan foydalaniladi. Til materiallarini o’quvchi o’qiydi 
(to’g’ri o’qish, me’yorida o’qish, ifodali o’qish, tushunib o’qish kabi o’qish 
texnikasini qo’llaydi), kuzatadi (kuzatish usuli), o’xshash va farqli xususiyatlarini 
aniqlaydi (taqqoslash usuli), so’zlarning shakliga qarab guruhlaydi (guruhlash 
usuli), ma’lumotlarni umumlashtiradi (umumlashtirish usuli) va hokazo. Bular aqliy 
faoliyatni ishga solishda qo’llaniladigan usullar, ya’ni o’quvchining fikrlash 
faoliyatini muammoli va izlanishli vaziyatga solish usullari. Ta`limiy usullar 
o’quvchilarning aqliy va amaliy ishlarining o`ziga xos xususiyatlari bo`lib, mazkur 
metodda tavsiya etilgan materiallarni o’zlashtirish shaklini to’ldiradi. Masalan, 
o’qituvchi dars jarayonida eslab qolish usuliga murojaat qilinganda usul metoddan 
ajraladi, ko’nikma, malakalarni shakllantirish ahamiyatini yo’qotadi. 
Voqelik haqidagi fanlarning kelib chiqishi, rivojlanishi bilan fanlarda 
qo’llaniladigan metodlar - yo’l-o’riqlar ham takomillasha boradi. 
Fan metodlarining asosiy mazmunini amaliyotda sinalgan ilmiy-nazariy 
qonuniyatlar tashkil etadi. O`z navbatida metodlar ilmiy nazariyalarning vujudga 
kelishiga vosita bo’ladi.
Metodlar voqelikni qamrab olish jihatidan 3 turga bo’linadi: 
Barcha fanlarda qo’llanadigan umumiy, universal metodlar. Masalan, borliqni 
bilish nazariyasiga oid metodlar boshqa fanlar kabi ona tili o’qitish metodikasining 
ham metodologik asosi sanaladi. 
Umumiy bilish metodlari quyidagilardan iborat: a) empirik ( muayyan tajribaga
asoslangan) metod, amaliy metod nazariy bosqichga o’tishda qo`llaniladi; b) nazariy 
metod. 
Xususiy yoki maxsus metodlarga ayrim fanlar doirasida qo’llaniladigan 
metodlar kiradi. 



Usul
– biror ishni amalga oshirish yo’li, harakat tarzi, xili, tartibini anglatadi. 
Boshlang’ich sinflarda til va adabiy ta`limni o’qitish metodikasida amaliy 
metodlardan ham, nazariy metodlardan ham foydalanish tavsiya etiladi. Amaliy 
metodlarga mavzu, matn va rasmlar yuzasidan savol hamda topshiriqlar tuzish, rasm 
asosida gap tuzish, matn mazmunini to`ldirish, matn yaratish; matnni qismlarga 
bo’lish, matnga reja tuzish; matnga sarlavha topish; matn bilan rasm o`rtasidagi 
bog`lanishni aniqlash, gap va matnning badiiy hamda lingvistik tahlili kabilar kiradi. 
Boshlang’ich sinflarda til va adabiy ta`limni o’qitishda

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin