O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   416
bo’limlar
ni 
o’z ichiga oladi:
 
I bo`lim.
Savod o’rgatish metodikasi.
Savod o`rgatish metodikasi kichik 
yoshdagi o`quvchilarni elementar o’qish va yozishga o’rgatish metod va usularini 
aniqlash va ularni ta`lim jarayoniga tadbiq etish masalalari bilan shug`ullanadi. 
Bolalarga savod o’rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham 
juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki xalqning savodxonligi milliy istiqlol 
g`oyalaridan oziqlanish uchun, siyosiy onglilik uchun, yuksak ma`naviy madaniyat 
uchun kurash qurolidir. Hozirgi globallashuv sharoitida Respublikada har bir 
kishining savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berilishi huquqiy demokratik davlat 
qurilishi talablariga muvofiqdir.
II bo`lim. Husnixatga o`rgatish metodikasi. 
O`quvchilarni davlat ta`lim 
standarti talablari asosida yozuvga o`rgatish masalalari bilan shug`ullanadi.
 
III bo`lim. Sinfda o`qish va sinfdan tashqari o’qish metodikasi.
Boshlang’ich sinflarda o’qish metodikasining predmetining vazifasi bolalar 
adabiyoti namunalari bilan tanishtirish o`rqali adabiyot sistematik kursiga 
tayyorlash, bolalarni to’g’ri, tez (me’yorida), ongli va ifodali o’qish malakalari bilan 
qurollantirish, badiiy asarlar matni tahlili orqali o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy 


10 
tarbiyalash, adabiyotni san`at asari sifatida idrok etish ruhida tarbiyalash, mustaqil 
o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish vazifasi amalga oshiriladi.
IV bo`lim. Grammatika, fonetika, imlo va so’z yasalishini o’rganish 
metodikasi. 
Bu bo’lim elementar to’g’ri yozuvga va husnixatga o’rgatishni, 
grammatik tushunchalar, boshlang’ich imlo malakalarini shakllantirishni nazarda 
tutadi.
V bo`lim. Nutq o’stirish metodikasi.
Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda 
alohida o’rin tutadi. O`quvchilar birinchi navbatda tilni, nutqni o’quv predmeti 
sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy 
narsa va hodisalar haqida o’ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna 
boshlaydilar. Ular o’zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va 
morfologik shakli bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham 
egallaydilar. Metodika o`quvchilar nutqini boyitish, sintaktik va bog’lanishli nutqini 
o’stirishni ham ta’minlaydi. Shuni aytib o’tish kerakki, bog’lanishli nutq 
maktablarda alohida bo’lim sifatida o’rganilmaydi, balki ona tili fanining boshqa 
bo’limlari bilan bog’langan holda shakllantiriladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin