O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Boshlang’ich sinflarda ona tili o`qitish tarixi



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   416
 
Boshlang’ich sinflarda ona tili o`qitish tarixi 
O’zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm-fanga katta e’tibor bilan qaragan 
va uni rivojlantirishga harakat qilgan. Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud 
Koshg`ariy, Zamaxshariy, Al-Xorazmiy, Ulug’bek va boshqa ko’plab allomalar ilm-
ma`rifatga ma`naviy-axloqiy tarbiya omili sifatida qaraganlar. Ilm-ma’rifatga 
beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to’siqlar bo’lmasin, 
o’z farzandlarining savodli bo’lishini orzu qilganlar, ularini yoshligidanoq maktabga 
o’qishga berganlar. Maktabdor domlalar o’z usullari va tajribalariga asoslanib 
bolalarga saboq berganlar. 
Bundan O’zbekistonda o’qitishning o’ziga xos usullari mavjud bo’lgan va ular 
rivojlanib borgan degan xulosaga kelish mumkin. Bu jarayon silliq kechmagan, 
ba’zi xato va kamchiliklar ham bo`lganligi tabiiy. Chunonchi, XX asrning 20-
yillarida maktabni rivojlantirishda juda jiddiy xatolarga yo’l qo’yilgan. Kompleks 
dasturlarda ona tilini o’qitish tizimi buzilgan: grammatik, orfografik ko’nikmalarga 
yetarli ahamiyat berilmagan. Savod o’rgatishda yaxlit so’z metodi tilning fonetik 
xususiyatlariga mos kelmagan, analitik-sintetik ishlar ta’minlanmagan, puxta, 
to’g’ri yozuv masalalari uchun zamin yaratilmagan. 
Keyinchalik 1931 yil 5-sentyabrda qabul qilingan “Boshlang’ich va o’rta 
maktab haqida”gi, 1932 yil 25-avgust qabul qilingan «Boshlang’ich va o’rta maktab 
o’quv dasturlari rejimi haqida»gi qarorlar yuqoridagi kabi yo’l qo’yilgan xato va 
kamchiliklarni bartaraf qilishda va o’quv mashg’ulotlari tizimini ishlab chiqishda 
maktabga va o’qituvchilarga yordam berdi. Tezlik bilan savod o’rgatishda analitik-
sintetik tovush metodi qayta tiklandi. Grammatik, orfografik materiallarni izchil 


21 
o’rgatishga, o’quvchilarning har tomonlama savodli bo’lib, madaniy nutqni 
egallashlariga katta ahamiyat berila boshlandi. O’quvchilar va o’qituvchining o’quv 
mehnatini tashkil etishning asosiy shakli bo’lgan dars metodikasi muvaffaqiyatli 
ishlana boshlandi. 
O’tgan asrning 50-70-yillari mobaynida boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish 
metodikasi sohasida anchagina qo’llanmalar yaratildi. Bu yillarda ona tili o’qitish 
metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va 
psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o’qitish 
metodikasini takomillashtirish va yangi metodika yaratishga imkon berdi. O’zbek 
tilshunosligi sohasidagi muvaffaqiyatlar ham tilni o’zlashtirish jarayoniga va 
metodikaning rivojlanishiga jiddiy yordam ko’rsatdi. Xuddi shuningdek, bu fanning 
rivojlanishiga 
o’qituvchilarning 
ommaviy 
ish 
tajribalarini 
o’rganish, 
umumlashtirish katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi. O’sha davrdagi jurnallarda o’nlab 
metodik maqolalar bosilib chiqdi. 
1955 yildan boshlab pedagogika institutlari qoshida boshlang’ich ta’lim 
o’qituvchilari tayyorlaydigan fakulьtetlar ochila boshlandi. Bu ham ona tili o’qitish 
metodikasining o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi, ya’ni boshlang’ich sinf 
o’qituvchilarining umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi o’sdi. Institutlar 
qoshidagi kafedralarda ishlovchi ilmiy xodimlar metodik masalalarni chuqur, ilmiy 
asosda hal qilishga harakat qildilar. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ona tili o’qitishga katta ahamiyat berila 
boshlandi. Bunda 1989 yil 21 oktyabrda «O’zbek tiliga Davlat tili maqomini berish 
haqida”gi qaror alohida o’rin tutadi. 
Ta’lim sohasidagi bu o’zgarishlar ona tili o’qitish metodikasida ham bir qator 
imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Bu yangiliklardan ko’plari maktablarda amaliyotga 
tatbiq qilinmoqda, ba’zilari hozircha sinovdan o’tkazilmoqda. Sinov davrida
birinchidan, o’quvchiga, uning darsdagi va darsdan tashqari vaqtdagi o’quv 
mehnatiga, u duch kelayotgan qiyinchiliklarga, ko’nikma-malakalarini va 
rivojlanish qonuniyatlarini o’rganish metodikasiga ko’proq ahamiyat berilmoqda. 
Ikkinchidan, ta’lim jarayonida bolaning fikrlash qobiliyatini o’stirish, mustaqilligini 


22 
va o’quv ishlari jarayonidagi aqliy faolligini oshirish vazifalari hal qilinmoqda. 
Uchinchidan, mavjud ta’lim tizimidagi tekshirishlar bilan bir qatorda o’qitishning 
istiqboli haqidagi vazifalarni hal qilish maqsadida ham tekshirishlar olib 
borilmoqda. 
Ta’lim tizimining dunyo amaliyotida o’qitish metodikasini individuallashtirish 
va kompetentsiyaviy yondashuvlar integratsiyasi asosida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga ta’lim sifatini ta’minlashning 
yetakchi omili sifatida qaraladi. Xususan, lingvistik kompetentsiyalarni 
shakllantirish va rivojlantirish texnologiyalarini, til ta’limini tizimli tarzda tashkil 
etishning metodologik asoslari yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar nutq va 
tafakkurni rivojlantirish samaradorligini oshirishning, shuningdek, interfaol ta’limni 
mediatexnologiyalar 
vositasida 
tashkil 
etishning 
didaktik 
ta’minotini 
takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Respublikamiz ta’lim muassasalarida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, 
atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo’lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi 
sifatlarini, nutq va tafakkurini rivojlantirish, yuksak ma’naviyatli barkamol shaxsni 
kamol toptirish sog’lom avlodni voyaga yetkazishning muhim omili sifatida 
boshlang’ich ta’lim tizimidan boshlab ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini keng miqyosda qo’llash zaruratini yuzaga keltirdi. “O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilab 
berilgan “mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq 
yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish”
6
 
vazifasi 
shaxsning intellektual salohiyatini shakllantirishga, jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, 
madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqqiyatli ishtirokini ta’minlashga zamin 
yaratadi. Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, 
mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni 
tayyorlash, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy etishning samarali 
6
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада 
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сонли Фармони. –Ўзбекистон 
Республикаси Қонун ҳужжати, 2017 йил, 6-сон, 70-модда. 


23 
mexanizmlarini yaratish qayd qilingan mazkur farmon boshlang’ich ta’lim tizimida 
ham o’qitish sifatini takomillashtirishni taqozo etadi. 
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi”da belgilab berilgan “mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai 
nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy 
faolligini oshirish”
7
 
vazifasi shaxsning intellektual salohiyatini shakllantirishga, 
jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqqiyatli 
ishtirokini ta’minlashga zamin yaratadi. Uzluksiz ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy 
etishning samarali mexanizmlarini yaratishga doir mazkur farmon boshlang’ich 
ta’lim tizimida ham o’qitish sifatini tubdan yaxshilashni taqozo etadi. 
O’zbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat 
siyosati to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 
fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar 
strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli, 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o’rta, 
o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi PF-5313-sonli, 2019 yil 29 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi xalq 
ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash 
to’g’risida”gi PF-5712-sonli Farmonlari, 2018 yil 14 avgustdagi “Yoshlarni 
ma’naviy
-
axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish 
tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ
-
3907-sonli Qarori hamda ushbu sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy 
hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda boshlang’ich ta’lim muayyan 
darajada xizmat qiladi. 
7
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада 
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги ПФ-4947-сонли Фармони. –Ўзбекистон 
Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами.-Т.: 2017 йил, 6-сон, 70-модда.-Б 38. 


24 
Ona tili o’qitish metodikasi fan sifatida shakllanish va rivojlanishning
murakkab yo’lini bosib o’tdi va hozirda ham jahon standartlariga mos keladigan 
ta`limni joriy etish borasida izlanishlar olib bormoqda.

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin