O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   416
o’qish va yozish 
malakasi
harakatning o’ylab o’tirmay amalga oshirilish jarayonidir. Malaka 
o’qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish darajasiga 
yetkaziladi.
O’qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo’lib, u nutqqa oid malakadir. 
O’qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa turlari bilan, 
ya’ni og’zaki hikoya qilish, o’zgalar nutqini eshitish orqali anglash, ichki nutq bilan 
uzviy bog’liq holda shakllanadi. Maktabda o’qitishning muvaffaqiyati savod 
o’rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog’liq. 


35 
O’quvchini savod o’rgatish jarayonida elementar o’qish va yozishga 
o’rgatishda o’quvchilarning faoliyat ko’rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari 
uchun talab bo’lishi, o’z fikrini og’zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va 
ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.
O’qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga oshuvini 
ta’minlaydi. SHuning uchun ham o’qishga o’rgatish bilan yozuvga o’rgatish parallel 
olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi. SHunday ekan, 
savod o’rgatish jarayonida bola juda ko’p o’qishi va yozishi zarur. O’qish uchun 
ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta 
o’qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko’pincha o’qilgan matnni yuzaki yodlab 
olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning almashinishi 
malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o’stiradi. O’quvchi oldida 
uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad - o’qish va yozishni o’rganish hamda 
hozirda bajarishi shart bo’lgan kundalik maqsad - topishmoqni o’qish va javobini 
topish, so’z va gaplarni o’qish, rasm asosida so’zlab berish kabilar turadi.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush 
uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O’qishda grafik 
shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi. 
Bu o’qish va yozish faoliyatida o’quvchi uchun qiyinchilik tug’dirgandek tuyulsa-
da, aslida o’qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni 
ifodalovchi harflar soni uncha ko’p emas. O’qish va yozishni o’zlashtirish uchun 
tovush va harflarning o’zaro munosabatiga oid qoidalarni o’zlashtirish kifoya. 
Savod o’rgatish metodikasida o’zbek tili tovushlar va harflar tizimining o’ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin