94
b) so’zlarni alohida yozishni, ya’ni yozuv vositasida so’zni ma’no birligi
sifatida ajratishni;
v) so’zning satrga sig’may qolgan qismini keyingi qatorga bo’g’inlab ko’chirib
yozishni (bunda bo’g’in hosil qilgan bir unli harfni qatorga ko’chirib yozib
bo’lmasligini);
g) gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo’yilgan nomlarda
bosh harfning ishlatilishini.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilarda o’z-o’zini tekshirishga oid malaka
shakllantiriladi: ular yozganlarini namuna bilan solishtiradilar, yo’l qo’ygan
xatolarini topadilar, ularni izohlashga o’rganadilar. SHu davrdanoq ko’chirib yozish,
diktant va ijodiy yozuv (insho)lardan foydalaniladi.
Gap va so’zlarni yozishdan oldingi tayyorgarlik ishlari, muntazam o’tkazib
boriladigan o’z-o’zini tekshirish mashqlari, o’qilgan matnning imlosini kuzatish
o’quvchilarda yuqori savodxonlik garovi bo’lgan orfografik ziyraklikni asta-sekin
shakllantira boradi, ularni yuqori sinflarda o’rganiladigan imlo qoidalarini puxta
o’zlashtirishga tayyorlaydi.
Dostları ilə paylaş: