91
bo’lsa, keyin quyuq yotiq chiziqlar bilan kesilgan uch chiziqli daftardan
foydalanilgan:
Bunday daftarda yozuvga o’rgatilgan boladan boshlang’ich sinflarni
bitirguncha besh xil daftarga yozishni o’rganish talab etilar edi:
Hozirgi vaqtda yozuvga o’rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi.
Xattaxta ham shunga mos bo’lishi talab qilinadi; 2-sinfdan, ba’zan birinchi sinfda
o’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozishga o’tiladi.
Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga,
harflarni bir
xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to’g’ri ajratishga, xat boshidan
yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o’rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni
tarbiyalaydi. Yozuv darsida o’quvchilar “Yozuv daftari” bilan ishlaydilar. Sinfda
o’rganilgan harfni uyda mashq qilish uchun alohida daftar bo’lishi kerak.
O’qituvchi yozish vaqtida 65˚ qiyalikda yozishni, buning uchun daftar parta
ustiga 25˚ qiyalikda qo’yilishini ta’kidlab turadi.
92
Analitik-sintetik tovush metodi (tovush-tarkib metodi) tamoyiliga muvofiq,
o’qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o’qishga o’rgatishdagi tarkib
asos qilib olinadi, ya’ni o’qish darsida o’quvchilar harfni o’zlashtiradilar,
matnni
o’qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so’zni yozadilar.
Yozuvga o’rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir
malaka ham ta’lim berish, ko’nikmani shakllantirish va shu asosda qator mashqlarni
bajarish natijasida hosil qilinadi.
Grafik malaka, birinchidan, qo’l-harakat malakasidir,
bu harakat birinchi
qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning
o’zlashtirilgan birligi bo’lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga tarjima qilinadi.
Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va
harfning to’g’ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va imloviy qoidalarga rioya
qilishni, uchinchidan, o’z fikrini,
taassurotini, istaklarini ifodalashda yozuv
malakasidan foydalanishni talab qiladi.
Yozishdan birdan-bir maqsad fikrni ifodalashda yozuv malakalaridan
foydalanish hisoblanadi. Bu maqsadni bolalar tez anglab yetsalar, ularda yozma nutq
malakasi shunchalik muvaffaqiyatli va to’g’ri shakllanadi. Savod o’rgatish
jarayonida bolalar juda sekin yozadilar.
Yozuv malakasi o’qish malakasi bilan uzviy bog’liqdir. Bola yomon o’qisa,
yozuvni egallashi ham qiyin bo’ladi, chunki bo’g’inlab o’qish malakasidan so’ng,
bo’g’inlab yozish malakasi shakllanadi.
Yozish va o’qish uchun bolaning umumiy nutqiy rivojlanishi katta ahamiyatga
ega. Keyinroq, bolalarda o’z fikrini yozma
ifodalash malakasi bir oz
barqarorlashganda, bu malaka nutqqa, fikrni ifodalash jarayoniga ham ijobiy
ta’sir qiladi.
93
Yozuv daftarida o’quvchilar “Alifbe”da o’rganilgan harfni yozma
shakllantiradilar. Suhbat uchun daftarning yuqori qismida predmet rasmi yoki biror
mazmunli rasm keltirilishi, ayrim predmet nomlarini ifodalovchi so’z
chizmasi
katakchalarga ajratib berilishi, gap nusxalarining keltirilishi maqsadga muvofiqdir.
Ba’zi o’rinlarda o’quvchilar berilgan gap yoki so’z chizmasini o’zlari mustaqil
tasvirlaydilar.
-tovush
jihatdan tahlil qilinadi, so’zdagi tovushlar soni suhbat yo’li bilan aniqlanadi va
katakchalarda ranglar bilan belgilanadi.
Mazmunli rasm asosida gap chizmasiga
mos gap tuziladi, keyin o’sha gapning
tahlili ustida ish olib boriladi.
Harflarning yozma shakli ularning bosma shakli bilan taqqoslash orqali
tanishtiriladi.
Yozuv daftarida turli belgilar qo’llangan. Ular shu belgi uchragan o’rinlarda
tanishtirib boriladi.
Yozuvga o’rgatishda o’quvchilarning ko’ruv, eshituv, qo’l harakati sezgilarini
ishga solish lozim. SHunda yozuv quruq yozuv bo’lmay, ongli yozuvga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: