102
b) o’qish
darsida ham, yozuv darsida ham o’quvchilar nutqini o’stirishga,
lug’atini boyitishga, gap tuzish va uni tahlil qilishga, og’zaki hqikoyalash va shu
kabi ish turlariga alohida ahamiyat qaratish kerak;
v) maktab va sinf devorlariga osilgan, xattaxtaga yozilgan har qanday yozuv
mazmunan va imlo jihatdan savodli bo’lishi zarur;
g) darsda nutq madaniyati hukmron bo’lishi, o’qituvchi va o’quvchilar adabiy
tilda so’zlashishlari kerak;
d) o’qish va yozuv ko’nikma-malakalarini shakllantirish mashqlari darsda
yetakchi o’rinni egallab,
taxminan, darsning uchdan ikki qismiga to’g’ri kelishi
lozim;
e) har bir o’qish va yozuv darsida “Alifbe”dagi matnlar bilan bir qatorda Q.
Muhammadiy, P. Mo’min, Z. Diyor, A. Obidjon kabi
sevimli bolalar shoiri va
yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlab olinishi va sinfda o’qish sinfdan tashqari
o’qish hamda o’qib berilgan matnni eshitish bilan bog’lanishi zarur.
yo) o’qish va yozuv darslari bir-biri bilan uzviy bog’lanishi, ya’ni o’qish darsi
o’quvchilarni yozuv darsiga tayyorlashi, yozuv darsi oldingi o’qish
darsining
davomi sifatida xizmat qilishi kerak va hok.
O’qish va yozuv darslarining turlari.
Savod o’rgatish jarayonidagi darslar
quyidagi belgilariga ko’ra farqlanadi:
1. Ta’limning predmetiga ko’ra:
a) “Alifbe” darsligi asosidagi o’qish darslari;
b) “Yozuv daftari” asosidagi yozuv darslari.
2. Ta’limning davri va bosqichlariga ko’ra:
a) alifbogacha bo’lgan davrdagi darslar;
b) alifboni o’rganish jarayonidagi darslar.
3. Darsda yangi mavzu o’tilishi va o’tilmasligiga ko’ra:
a) yangi tovush-harf o’rganiladigan o’qish darslari;
b)
yangi harfni yozish darslari;
v) yangi tovush-harf o’rganilmaydigan darslar.
103
Bulardan tashqari, umumlashtiruvchi va takrorlash
darslari hamda savod
o’rgatish davrining oxirida “Alifbe” bayrami o’tkaziladi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar bilimi dars jarayonida barcha ishlarga
bog’lab
aniqlanadi, bog’lanishli nutqni o’stirish ham o’qish va yozuv darslariga
uzviy bog’lanib ketadi. O’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishlariga
rahbarlik
qilishlariga xaftada bir marta 20 daqiqa ajratiladi.
Savod o’rgatish darslarida ish turlarini almashtirib turish, vaqti-vaqti bilan dam
olish daqiqalari o’tkazish zarur. Bu o’quvchilar toliqishining oldini oladi.
Dostları ilə paylaş: