O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


“Alifbe” darsligi qurilishining ilmiy-pedagogik



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   416
“Alifbe” darsligi qurilishining ilmiy-pedagogik
tamoyillari 
“Alifbe” birinchi o’quv kitobi bo’lib, uni ishlab chiqishda didaktikaning 
umumiy mezonlariga hamda “Alifbe” darsligi tuzilishining xususiy mezonlariga 
asoslaniladi: 
- g’oyaviylik; 
- bayonning ilmiyligi, tushunarliligi; 
- ko’rsatmalilik;
- onglilik; 
- o’quv materialining hayot bilan bevosita aloqadorligi
- bolalar yoshi va dunyoqarashi, o’ziga xos ruhiy xususiyatlarining hisobga 
olinishi
15

“Alifbe” darsligi, asosan, quyidagi ilmiy-pedagogik tamoyillar asosida tuziladi: 
1. “Alifbe” materiali bolalarda ongli, to’g’ri, ravon o’qish va to’g’ri yozish 
malakalarini hosil qilishga yordam berishi kerak. 
2. O’qish uchun berilgan matnlar, rasmlar bolalar saviyasiga mos bo’lishi, shu 
bilan birga, ularning tafakkuri va nutqini o’stirishi lozim. 
3. “Alifbe” tuzilishida tovush-harflarning tez va ko’p ishlatilishi tamoyilidan 
foydalanish kerak. 
4. “Alifbe”dagi harflarni joylashtirishga va ular qatnashgan so’zlarni tanlashga 
alohida e’tibor qaratish lozim. 
5. “Alifbe”dagi materiallarning hajmi savod o’rgatishga ajratilgan vaqtga mos 
bo’lishi zarur. 
15
Р. Сафарова ва бошқ. Савод ўргатиш дарслари (Алифбени ўқитиш бўйича методик 
қўлланма). - Т.: Маънавият, 2003. 3-бет. 


106 
6. “Alifbe”ning harfi, terilishi, qog’ozi, rasmlarining bo’yoqlari gigienik 
talablarga javob berishi lozim. 
7. “Alifbe”ning tashqi ko’rinishi chiroyli, bolalar diqqatini o’ziga tortadigan 
bo’lishi kerak va hokazo. 
“Alifbe”ga qo’yilgan barcha talab va tamoyillarni faqat “Alifbe” darsligini 
tuzuvchilar emas, balki u bilan ishlaydigan o’qituvchilar ham bilishi zarur. 
O’qituvchi, avvalo, “Alifbe”ning mazmunini, tuzilishini yaxshi bilib olib, undagi 
materialdan pedagogik jarayonni tashkil etish (alohida bir dars rejasini tuzish
darslar tizimini belgilash, alifbe materialiga qo’shimcha material tanlash, ba’zi 
materiallarni qayta ko’rib chiqish)da foydalanadi. SHundagina o’qituvchi kitobga 
ijodiy yondashib, undan metodika talablari va o’zining pedagogik tajribasidan kelib 
chiqib foydalangan bo’ladi. 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin