109
D) Yozuv ko’nikmasi: harflarning bosma yoki yozma shaklini yoza olishi, o’z
ismini yoza olishi, barcha gaplarni yoza olishi, so’z va gapni o’qiy olishi
5. Savod o’rgatish mashqlarining turlari qaysi javobda berilgan?
A) To’g’ri va
burro talaffuz mashqlari
B) Analiz mashqlari, sintez mashqlari, artikulyatsiya
va burro talaffuz
mashqlari
C) Matnni gaplarga ajratish mashqlari, bo’g’inlarni tovushlarga ajratish
mashqlari
D) Tovush-harf
tahlili mashqlari
6. Savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar amaliy o’zlashtiradigan bilimlar tizimi
berilgan javobni belgilang.
A) To’g’ri yozuvga o’rgatuvchi imloviy bilimlarni amaliy o’zlashtiradilar
B) So’zlarni ajratib va qo’shib yozishni, chiziqcha bilan yozishni
o’zlashtiradilar
C) Grammatika va imlodan ayrim materiallarni amaliy o’zlashtiradilar,
gaplarni va atoqli otlarni
bosh harf bilan yozishni, so’zlarning talaffuzi va
yozilishini taqqoslash orqali ayrim harflar imlosini o’zlashtiradilar, ular “jarangli va
jarangsiz undoshlar”, “o’zakdosh so’zlar” kabi mavzularni o’zlashtirishga
tayyorlanadi
D) So’zlarni, gaplarni, matnni orfoepik to’g’ri o’qiy olishi, tahlil qilingan 2-3
ta gapni yoddan yoza olishni o’rganadilar
7. Grafik (yozuv) malakalarini shakllantirish bosqichlari qaysi javobda to’g’ri
ko’rsatilgan?
A) Partada to’g’ri o’tirish, daftarni partada 25º qiyalikda qo’yish, ruchkani uch
(3) barmoq orasida ushlash, yozuvni mashq qilish
B) Alifbodagi unli va undosh harflarni yozish, bo’g’in va so’z
yozish
C) Qisqa va uzun qiya chiziq, to’g’ri tayoqchalarni chizish,
chamalashga
o’rganish, harf elementlarini yozish, bosh va kichik harflarini yozish, harf
birikmalarini, bo’g’in, so’z
yozish
110
D) harf elementlarini yozish, tahlil qilingan ikki so’zli gapni o’qituvchi
yordamida yozish, talaffuzi yozishidan farq qilmaydigan so’zlarni ko’chirib yozish,
diktovka bilan yozish
Dostları ilə paylaş: