107
11. Savod o’rgatish jarayonida qanday mashq turlaridan foydalaniladi? Ularni
to’liq bayon qiling.
12. Savod o’rgatish jarayonida tovushlarning to’g’ri va ravon talaffuzi ustida
qanday ishlanadi?
13. Diktsiya ustida ishlash mashqlariga nimalar kiradi?
14. Savod o’rgatish davrida nutq o’stirishga oid ish turlarini misollar bilan
tushuntiring.
15. Savod o’rgatish davrida gap va so’z ustida ishlashga doir ish turlarini
ayting.
16. Yozuvning inson hayotidagi ahamiyatini ayting. Hozirgi yozuv shriftiga o’z
munosabatingizni bildiring.
17. Yozuvga o’rgatishning tashkiliy, gigienik va ta’limiy shartlarini aytib
bering. Ularni biror harfni yozish darsiga tadbiq eting.
18. Yozuv daftari ustida ishlashni tushuntiring.
19. Yozuv darslarida o’quvchilar nutqini o’stirishda qanday usullardan
foydalaniladi?
20. Savod o’rgatish davridagi o’qish va yozuv darslariga tavsif bering.
21. Oz komplektli maktablarda savod o’rgatish darslarining o’ziga xos
xususiyatlari nimalardan iborat?
22. “Alifbe” darsligi qurilishining ilmiy-pedagogik tamoyillarini tushuntirib
bering.
23. Hozirgi kunda amalda qo’llanilayotgan “Alifbe” darsligini tahlil qiling va
unga taqriz yozing.
Dostları ilə paylaş: