116
C) 5-6 daqiqada
D) 3-4 daqiqada
29. Savod o’rgatishda yozuv darslarining davrlari qaysi javobda to’g’ri qayd
qilingan?
A) tayyorgarlik davri, asosiy davr
B) yakuniy bosqich
C)
umumlashtiruvchi bosqich
D) kirish bosqichi
30. Fonematik eshitish qobiliyatini o’stirish deganda nima tushuniladi?
A) So’zlarni to’g’ri, aniq talaffuz qilish, talaffuzda ayrim tovushlarni farqlash,
bo’g’indan tovushni ajrata olishni
B) So’zlovchining nutqini tushuna olishni
C) So’zlovchining nutqini tushunib, uni ifodali qaytara
bilishni
D) Turli mashqlar yordamida so’zlovchining nutqini anglashlari va qayta
ifodalay bilishlarini
117
HUSNIXATGA O`RGATISH METODIKASI
Husnixat va uni o`qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari
Husnixat va uni o’qitish metodikasi pedagogik fan.
Inson o’z fikrini
boshqa kishilarga og’zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin.
Nutqning bu
shaklining o’xshash va farqlash tomonlari mavjud bo’lib ular o’z o’rnida
afzalliklarga ega. Og’zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun
mo’ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo’lib xizmat
qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog’och, teri, metall, qog’oz kabilarga ko’rish asosida
idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo’yiladi. Yozuv kishilarning o’zaro
fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli vositasi hisoblanadi. Yozma nutq
avlodlarni bir-biriga bog’laydi, uzoq saqlanadi. Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat
qo’lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish extiyoji
yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni
husnixat bilan yozishga o’rgatish metodikasi ularda aniq ,
chiroyli va tez yozish
imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur
mazmunini va uning talablarini o’qitish usullarini yozuviga o’rgatishning gigeyenik
shartlarini, o’quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil qilish
sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.
Demak yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega.
Yuqoridagi talab asosida yozishga o’rganishi boshlang’ich sinflardan boshlanadi. 1-
4-sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatish uchun o’qituvchining o’zi husnixat
bilan yozishi, shu bilan birga o’quvchilarni chiroyli yozishga o’rgata olishi kerak.
Husnixat va uni o’rgatish fani amaliy fan bo’lib u chiroyli yozishga o’rgatish
bilan bir qatorda o’qitish tarbiyalash, vazifalarini bajaradi.
Pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan Husnixat va uni o’tilish
metodikasi fanining maqsadi:
1.Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.
2.Talabalarni-bo’lg’usi o’qituvchilarni husnixat talablari asosida yozishga
o’rgatish.
118
3.Boshlang’ich ta’limida o’quvchilarni husnixatga o’rgatishning metod va
usullari bilan qurollantirish.
Boshqa fanlar kabi husnixat va uni o’qitish metodikasining o’z predmeti bor.
Bu fanning predmeti ta’lim berish jarayonida
chiroyli yozuvni egallash, grafik
jihatdan to’g’ri chiroyli yozishga o’rgatish hisoblanadi.
Husnixat va uni o’rgatish metodikasi fani o’z oldiga quyidagi vazifalarni
qo’yadi:
-talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish;
-o’z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar xosil qilish;
-boshlang’ich sinflarda husnixat
darslarini rejalashtirish, va tashkil etishga
o’rgatish;
-boshlang’ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari
bilan tanishtirish.
Birinchidan husnixat bilan yozish o’quvchilardan mehnat madaniyatini
tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko’nikmasini
hosil qiladi.
Ikkinchidan dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo’lish
o’quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o’quvchilar
qiladigan ishlariga o’ylab o’tirmay bajaraveradilar, o’z
hato kamchiliklarini ham
o’ylab ko’rmaydigan bo’lib qoladilar.
Uchinchidan husnixat bilan to’g’ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib
turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan
yozilmagan, to’ldirilmagan hujjatlarni o’qishga kitobxonning ko’p vaqt sarflashiga
to’g’ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o’qituvchi 30 talab o’quvchilar
daftarini tekshiradi. Agar o’qib bo’lmaydigan qilib yozgan bo’lsa o’qituvchining
ham unga ko’p vaqti sarf bo’ladi. Aniq va ravon qilib yozgan dastxati o’qituvchining
ishini yengillashtiradi, keyingi talimiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun
imkoniyat yaratadi.