Husnixat va uni o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi Husnixat va uni o’qitish metodikasi boshqa fanlar bilan uzviy aloqada bo’lib
ularning natijalariga tayanadi.
Amaliy fan hisoblangan husnixat va uni o’qitish metodikasi til o’rganish
jarayoni hamdir. Yozish uchun tanlangan til faktlari ayni vaqtda adabiy tilni
o’zlashtirib borishga yordam beradi.
Pedagogika ta’lim tarbiya haqidagi fandir. U ta’lim-tarbiya tamoyillarini
belgilab beradi, barkamol shahsni tarbiyalash yo’llarini ko’rsatadi. Husnixat va uni
o’qitish metodikasi pedagogikaning ana shu qoidalariga asoslanadi ya’niy
husnixatga o’rgatishda ta’lim-tarbiya birligiga amal qiladi.
Husnixat va uni o’qitish metodikasining asoslaridan yana biri psixologiyadir.
Psixalogiya his, tasavvur, fikr, intilish, istak, havas, qobiliyat kabi tushunchalar
haqida ma’lumot beradi. Husnixatga o’rgatishda bola psixologiyasidagi yuqoridagi
holatlarga tayanib ish ko’riladi, o’quv materiali tanlanadi, sinflar bo’yiicha
taqsimlanadi.
Fiziologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarix fanlari ham husnixat va
uni o’qitish metodikasi bilan uzviy aloqadadir.
O’quvchining yozuv jarayonidagi fiziologik holati qo’l harakatlari,
yozganlarini to’g’ri, aniq tallafuz qilishda fiziologiyaga tayansa yozuv uchun
tanishgan matnni tahlil qilishda adabiyotshunoslik materiallariga, yozuvning paydo
bo'ishi, uning jamiyatdagi tutgan o’rnini tushunishda esa tarix fanining yutuqlariga
asoslangan holda ish ko’radi.
Savol va topshiriqlar. Husnixat va uni o’qitish metodikasi nima uchun pedagogik fanlar qatoriga
kiradi?
Husnixatga o’rgatish metodikasining predmeti deganda nimani tushunasiz?
Yozuvning pedagogik va ijtimoiy ahamiyatini tushuntirib bering.
Husnixatga o’rgatish metodikasining maqsadi nimalardan iborat?
Husnixatga o’rgatish metodikasining vazifalari nimalardan iborat?