O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 5,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/416
tarix16.09.2023
ölçüsü5,05 Mb.
#144179
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   416
Xatti Boburiy
Temuriy shahzodalar (Ibrohim bin Shohruh, Boysung’ur Mirzo, Badiuzzamon 
Mirzo va boshqalar) ham xattotlikka homiylik qilish bilan birga o’zlari bu san’at turi 
bilan shug’ullangan. Kitobat san’ati bilan bir qatorda binolarning kitobalari
qabrtoshlardagi bitiklar va buyumlarda xattot ishlari keng qo’llanilgan. 


131 
Munis Xorazmiy xattotlik san’ati haqida “Savodi ta’lim” nomli risola yozdi va 
Alisher Navoiyning “Xamsa”sini nihoyatda chiroyli xat bilan ko’chirdi. Muqimiy 
ham juda mayda nasta’liq va shikasta xati uslubida bayoz ko’chirgan. Bularning 
hammasi shuni ko’rsatadiki, (o’rta Osiyoda nafis kitob yaratish texnikasi ixtiro 
etilmagan bir davrda kotiblikka talab nihoyatda kuchli bo’lgan. Qo’l yozmalarni 
kitob holiga keltirishda bir necha mutaxasislar ishtirok etganlar. Bu jarayonda 
qog’ozrez (qog’oz quyuvchi), xattot, (muzahhib (oltin suv bilan bezak beruvchi), 
lavoh (lavha chizuvchi), musavvir va sahhof (muqovqchi) ishtirok etadi. Shu 
yo‘sinda tayyorlangan nafis kitoblar shohlar, buyuk olimlar va shoirlar 
kutubxonalarida saqlanar edi. 
O’rta Osiyo ustalari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro ustalari qog’oz ishlashda 
katta shuhrat qozongan edilar. Ularning qog’ozlari pishiq va silliq edi. Xattot uchun 
esa ana shunday sifatli qog’ozlar kerak bo’lar edi. Qog’ozlar kustar holda turli 
usullarda tayorlangan. 
Xattotning asar ko’chirish qurollari: “siyoh”, “qamish qalam”, “mistar” 
(transporant), qalamning uchini chiqarib turish uchun “qalamtarosh”, qamish 
qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka “qalam qat” dan 
iborat bolgan. Qamish qalam xattotning asosiy yozuv quroli hisoblangan. Uni 
tayyorlash ham alohida san’at talab etgan. Qamish qalamdan qog’ozga siyoh 
tommaslik uchun hamda qalamda doim etarli darajada siyoh bo’lishi uchun 
siyohdon (dovot) ga tolguncha ipak los solingan. Siyohga bo’ktirilgan ipak loslar 
qalamning yetarli miqdorda siyoh bilan ta’minlanishiga yordam beradi. 
Xattotlar texnik vazifalardan tashqari o’z yozuv uslublarini ham ishlab 
chiqarishga intilganlar. Masalan, XII asrdan boshlab xattotlar hayotida ko‘fiy xati 
uslubi keng o’rin oldi. Bu uslub asosida arab yozuvining quyidagi olti xil asosiy 
uslublari maydonga keladi: 
1. Suls xati - bu xatning to’rt bahrasi tekis, ikki bahrasi yumaloq shakilda 
yoziladi. 
Suls xati


132 
Suls xati - bir narsaning uchdan bir hissasi yoki uchinchi hissasi demakdir. Ibn 
Bavvob birinchi bo`lib suls xati harflarining shaklini nuqta o`lchovlariga asoslagan 
va suls xatining grafik asoslarini ixtiro etgan

2.Nasx xati - bu xatning ixtirochisi mashhur xattot Ibn Muqla’ hisoblanadi. 
Bu xat yuzaga chiqib, shuhrat qozongandan keyin boshqa xatlarning barchasi 
mansux, ya`ni ishlatishdan qoldirildi. Ilmiy adabiyot va qo`lyozmalarda ko`p 
uchraydigan g`ubor xati nasx xatining mayda qalamda yozilishidir. Matnlar 
raqamlarga o`xshab juda mayda qilib yozilgani uchun g`ubor deb aytilgan. G`ubor 
xatining ixtirochisi - Said Qosim. 
3.Muhaqqaq xati - bir bo’lak qismi tekis bolib, qolgan bo’laklari yumaloq 
shaklida yoziladi. 
Shuning uchun bu xatning ma`qaliy va ko`fiy xatlariga o`xshashligi boshqa 
xatlarga nisbatan ko`prokdir. Shu sababdan Ibn Muqla bu xatga muhaqqaq deb 
nom berdi. Boshqa turdagi xatlardan birinchi deb bildi. 


133 

Yüklə 5,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   416




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin